MUNOSABAT
Paxtachi tumani Chorgo‘sha maxallasiga “Mansurbek Qo‘rg‘on Biznes” MCHJning 30 924 LAA maxsus texnikasi xaftaning xar payshanba va juma kunlari maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatadi. 2025 yilning noyabr oyida maxsus texnikani boshqaradigan haydovchi almashgan edi. Yangi haydovchi maxalla ko‘chalarini o‘zlashtirishida qiyinchilik yuzaga kelgan. Buning oqibatida Chorgo‘sha maxallasining ayrim ko‘chalariga belgilangan kundan bir kun o‘tib xizmat qilgan. Hozirgi kunda maxallaga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda.




