Matbuot anjumani: Tarmoqdagi uzilishlar, muammo va yechimlar tahlili
#matbuot_anjumani
Mavzu:Tarmoqdagi uzilishlar, muammo va yechimlar tahlili
Paxtachi tumanning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minotini yaxshilash hamda 2025-2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish va uni betalofat o’tkazish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi,
- Paxtachi tumanida yelektr yenergiya iste’molchilarini 2025 yil 9 oy davomida 108,6 mln. kVt/soat miqdorda yelektr yenergiya yetkazib berilib, shundan 72,2 mlr. so’m mablag’larning tulovlari amalga oshirildi. Tumanimizda Yenergetika vazirligi huzurida “Yenergosotish” AJ tashkil yetilib, bo’lim xodimlari tomonidan joriy yilning 9 oy davomida tumanimizda jami 495 ta yangi yelektr xisoblagichlar o’rnatilgan bo’lib, shundan aholi iste’molchilarning xonadonlariga 385 ta, ulgurji iste’molchilarga 110 ta yangi yelektr xisoblagichlar o’rnatildi. O’rnatilgan ushbu yelektr xisoblagichlarni onlayn dasturiga kiritib aloqaga chiqarish bo’yicha 15 dona transformatorlarga konsentratorlar o’rnatildi.
- Qayta tiklanuvchi yenergiya manbalaridan saloxiyatidan foydalanish maqsadida tumanimizda 236 ta elektr energiya iste’molchilari umumiy quvvati 3000 kVA quyosh panellari va uskunalari o’rnatildi. Buning natijasida tumanimizda joriy yilning 9 oy davomida 8,1mln kVt/soat yelektr yenergiyani iqtisod qilishga yerishildi.
- Tumanimizda ijtimoiy soha va aholining turmush darajasini yaxshilash yuzasidan keng kulamli ishlar amalga oshirildi, jumladan tumanimizning
M.Salimiy mahallasiga TP-P-334 transformator punktiga HL-0,4 kV 20-dona temir beton ustunlar o’rnatildi.
Obodon mahallasiga TP-P-18 va TP-P-671 transformator punktlariga 53-dona temir beton ustun o’rnatildi.
Sardoba mahallasiga TP-P-95 transformator punktlariga 26-dona temir beton ustun o’rnatildi va SIP-2 1,6 km kabel tarmog’i tortildi.
Burqut mahallasiga TP-P-86 transformator punktlariga 16-dona temir beton ustun o’rnatildi va SIP-2 1,1 km kabel tarmog’i tortildi.
Qirguli mahallasiga TP-P-3 transformator punktiga HL-0,4 kV 1,1 km SIP-2 kabel tarmog’i tortildi.
Saroy mahallasiga TP-P-29 transformator punktiga HL-0,4 kV 1,4 km SIP-2 kabel tarmog’i tortildi.
Kurpa mahallasiga TP-P-434 transformator punktiga HL-0,4 kV 2,7 km SIP-2 kabel tarmog’i tortildi.
Dobusqal’a mahallasiga TP-P-65 transformator punktiga HL-0,4 kV 71-dona temir beton ustunlar o’rnatildi va TP-P-367 transformator punktiga HL-0,4 kV SIP-2 0,55 km kabel tarmog’i tortildi.
Sh.Nazar mahallasiga TP-P-62 transformator punktiga HL-0,4 kV 0,36 km SIP-2 kabel tarmog’i tortildi.
Boltali mahallasiga TP-P-53 4-dona temir beton ustunlar o’rnatildi va TP-P-53 transformator punktiga HL-0,4 kV 1.26 km SIP-2 kabel tarmog’i tortildi.
Qaynarbuloq mahallasiga TP-P-64 transformator punktlariga 30-dona temir beton ustun o’rnatildi va TP-P-64 transformator punktiga HL-0,4 kV 1.2 km SIP-2 kabel tarmog’i tortilmoqda. TP-197 transformator punktlariga 6-dona temir beton ustun o’rnatildi
Bog’oloni mahallasiga TP-P-106 transformator punktlariga 9-dona temir beton ustun o’rnatildi.
Nayman mahallasiga TP-P-326 va TP-P-228 transformator punktlariga HL-0,4-10 kV 83-dona temir beton ustunlar o’rnatildi va HL-0,4 kV SIP-2 2,4 km kabel tarmog’i tortilmoqda va KTPS-160 transformator o’rnatildi.
Toshkuprik mahallasiga TP-P-48 transformator punktiga HL-0,4-10 kV 40-dona temir beton ustunlar o’rnatildi va HL-0,4 kV SIP-2 1,4 km kabel tarmog’i tortildi va KTPS-160 transformator o’rnatildi.
M.Nodim mahallasiga 2 ta KTPS-160/10 kV transformator punti o’rnatildi va HL-0,4-10 kV 30-dona temir beton ustunlar o’rnatilmoqda va HL-0,4 kV SIP-2 0,7 km kabel tarmog’i tortildi.
Oq tepa mahallasi oq tepa-2 massivi ko’chasiga HL-0,4 kV 29-dona temir beton ustunlar o’rnatildi.
Tug’olon mahallasi TP-101a transformator punktiga HL-0,4 kV 14-dona va TP-82 transformator punktiga HL-0,4 kV 2-dona temir beton ustunlar o’rnatildi.
Saxoba mahallasiga HL-0,4-10 kV 92-dona temir beton ustunlar o’rnatildi va 2 ta KTPS-100/10 kV va 1 ta KTPS-160/10 kV transformator punkti o’rnatilmoqda va SIP-2 2,9 km kabel tarmog’i tortilmoqda.
Jami bo’lib:
- 9 ta transformator punkti o’rnatildi.
- 525 ta temir beton ustunlar
- 18,37 km SIP-2 kabel tarmog’i tortish ishlari bajarilmoqda.
Paxtachi tuman hududida joylashgan transformator punktlari 55 ta va 0,4-10 kV elektr uzatish tarmoqlarni ta’mirlash ishlari 143,9 km rejalashtirilgan bo’lib, shunday 55 ta transformator punktlari va 143,9 km elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi va transformator punktlari 90 ta va 0,4-10 kV elektr uzatish tarmoqlarni ta’mirlash ishlari 316,0 km rejalashtirilgan bo’lib, shunday 90 ta transformator punktlari va 316,0 km elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Bunday tashqari 2025 yil Oktyabr-Noyabr oyilarida qo’shimcha 12 ta transformator punkti va HL-0.4-10 kV 31.8 km elektr uzatish tarmog’i mukammal ta’mirlash ishlari bajarilishi rejalashtirildi.
Bajariladigan ishlar:
Paxtachi mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 287,0 mln. sum hamda viloyat hokimligi infratuzilma rivojlantirish dasturiga asosan 600,0 mln. sum elektr uskunalarni almashtirish va yangilash hamda kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish uchun zahira yaratish chora-tadbir tuzildi.