insurez
24-12-2024 09:44

Jamiyatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka bo‘lgan murosasizlik muhitini yaratish


O‘zbekiston hukumati bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha keng qamrovli, dalillarga asoslangan, ko‘p tarmoqli rejalar va harakatlarni moliyalashtirish va amalga oshirish maqsadida milliy darajadagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

Biz qizlar va o‘g‘il bolalarni zo‘ravonlik va diskriminatsiyadan himoya qilish bo‘yicha huquqiy bazani mustahkamlashga, zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha xizmatlar sifatini, qamrovini va muvofiqlashtirishni yaxshilashga, bunday holatlar haqida xabar berish va ularga javob qaytarish mexanizmlarini takomillashtirishga harakat qilamiz.

Biz ijobiy ota-onalik qilish va gender jihatlari e’tiborga olingan munosabat, ko'nikma va amaliyotlarni ilgari surishda davom etamiz. UNICEF, shuningdek, hayotiy ko'nikmalar va zo'ravonlikning oldini olishga o'rgatish, sog'lom munosabatlar haqida yoshga mos ma'lumot berish, ularning huquqlari va mavjud yordam xizmatlari haqida ma'lumot berish bo'yicha dasturlardan foydalanishda bolalarning imkoniyatlarini kengaytirishga  qaratilgan. Shunday ekan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurash muhum.

Dunyo bo‘ylab har to‘rt boladan biri zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi va har besh daqiqada bir bola zo‘ravonlikning turli shakllari tufayli vafot etadi. Bunday holatlarni erta aniqlash, ishonch telefonlari va maktablarda ish olib borish – ana shu isbotlangan samarali choralar  zo‘ravonlikka qarshi kurashda yordam beradi. Yo‘naltirish mexanizmi bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlashning muhim boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, aniqlash va ularga qarshi kurashishda ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va adliya sohalari mutaxassislarining roli va majburiyatlarini aniq belgilashi kerak.

Hozirda UNICEF O‘zbekistonda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish sohasidagi davlat tuzilmalarining sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Masalan, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida butun mamlakat bo‘ylab patronaj hamshiralar oilalarga tashrif buyurish uchun zarur ko‘nikma va materiallarga ega bo‘lib, ular boshqa masalalar qatorida bola tarbiyasini qo‘llab-quvvatlash, bolalar ehtiyojlariga befarqlik va jismoniy zo‘ravonlik holatlarini aniqlashlari mumkin.

UNICEF, shuningdek, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va ularga javob berish bo‘yicha standart proseduralarni ishlab chiqish va tadbiq etish borasida Vazirlar Mahkamasining Ta'lim va sog‘liqni saqlash kotibiyatining Bolalarni himoya qilish bo‘yicha yangi sektori, Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya va Bolalar ombudsmani bilan hamkorlik qilmoqda. Bundan tashqari, UNICEF har bir holatni alohida ko‘rib chiqish (keys menejment) tizimini kengaytirishda mamlakattga ko‘mak bermoqda. Mazkur tizim oilalar ehtiyojlarini keng miqyosda ko‘rish, xavflarni aniqlash va oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun ularni tegishli xizmatlar bilan bog‘lash imkonini beradi. Amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar bilan bir qatorda ijtimoiy ishchilar institutini yaratish va bu muammoni tizimli hal qilish uchun butun jamiyatni safarbar etish zarur.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi

tuman sudining raisi J.Botirov

Teglar
- -