ID-kartalar rasmiylashtirib beriildi
Paxtachi tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi tomonidan 2025 yil o'tgan davri mobaynida 448 nafar 16 yoshga kirib birinchi marotaba paspot olish istagini bildirgan fuqarolarga, 9 nafar nogironligi bo'lgan shaxslar, 3 nafar harakati cheklangan va 4 nafar og'ir bemorlarga ID-kartalar rasmiyalshtirib beriildi.
Shuningdek "Inson" ijtimoiy markazi bilan hamkorlikda 8 nafar o'zgalar parvarishiga muhtoj va yolg'iz keksalarga ID-kartalar o'z vaqtida rasmiylashtirib berildi. Hurmatli tumanimiz aholisi va mehmonlari ushbu toifadagi fuqarolarga ID-karta rasmiylashtirish lozim bo'lsa Paxtachi tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi (pasport stol)ga murojaat qilishingiz mumkin.
Sarvar MEHRIDDINOV,
Paxtachi tumani IIB M va FRB boshlig‘i