Har kuni ish avvalida mahallalar faoliyati o'rganiladi
Bugun ish kuni avvalida tumanidagi mahallalar Jahonobod va Amir Temur nomli mahallalar Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamov tomonidan oʻrganildi. O'rganish davomida, mahalla xodimlari xizmat xonalari, mahallalari hududlari obodligi, tadbirkorlik subʼektlari atrofi tozaligi ko'zdan kechirildi.
Shuningdek, kunni ikkinchi yarmida 1-sektor hududidagi obodonlashtirish ishlari, tibbiyot muassasalari faoliyati koʻzdan kechirilib, mahallalar yettiligi bilan suhbatlashilmoqda.
Oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklar, ustuvor vazifalar, obodonlashtirish ishlari, energiya tejamkorligi boʻyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.