Faxriylar sportning mini-futbol turida bellashmoqda
Faxriylar sportning mini-futbol turida bellashmoqda Har yili kombinat faxriylari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “NKMK ochiq turniri” o‘tkazib kelinadi. Bu yil ushbu turnirga 20 yil to‘ldi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi unga respublika darajasidagi turnir maqomini berganligi tadbirning ahamiyatini yanada oshirdi. Bugun "NKMK jamg‘armasi"ning Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida mini-futbol bo‘yicha “NKMK ochiq turniri”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport tadbirida viloyat va respublika miqyosida 20 ta jamoa uch kun davomida o‘zaro bellashadilar. Final o‘yini 15-sentabr kuni Paxtachi tumanidagi “Bolajon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.