Chukish holati bo'yicha munosabat
Joriy yilning 24-may kuni Paxtachi tumani 6-umumiy o‘rta ta`lim maktabining 6-d sinfida o‘qiydigan Muhiddinov Nurmuhammad va Shavkatov Asadbeklar dars mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng maktabdan chiqib ketib cho‘milish maqsadida Sardoba mahallasi Nazarov Oqbo‘ta f/x dalasida qurilgan tomchilatib sug‘orish uchun mo‘ljallangan suniy suv havzasiga borib cho‘milgan natijada suv yutish oqibatida vafot etgan.
Maktabning 6-d sinfiga 5 soat dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan, ushbu noxush holatlar dars mashg‘ulotlaridan so‘ng sodir bo‘lgan.
Ushbu noxush holatlarni oldini olish maqsadida joriy yilning 15-may kunidan boshlab maktabda ota-onalarga sinflar kesimida yig‘ilishlar o‘tkazilib baxtsiz hodisalarni oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borilgan hamda ulardan kafolat xatlari olingan.