"Bu daraxtlar albatta kelajakda o‘z mevasini beradi"
Bahor yangilanish va yasharish fasli boʻlgani bois Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ta'lim maskan xodimlari va oʻqituvchilar birgalikda maktab hovlisiga mevali hamda manzarali koʻchatlar ekishdi.
Tabiatni asrash va kelajak avlodga yashil muhit qoldirish maqsadida tashkillashtirilgan ushbu tadbir ishtirokchilari "Bu daraxtlar albatta kelajakda o‘z mevasini beradi" degan ezgu niyatlar bilan o‘z hissalarini qo‘shdilar.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi butun respublika bo‘ylab davom etmoqda. Bu kabi tadbirlar atrof-muhitni obodonlashtirish, ekologiyani yaxshilash va tabiiy muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.