insurez
08-10-2025 09:30

Brifing: 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida


Assalom alaykum hurmatli tumandoshlar hamda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari bugungi birifingimizning mavzusi 2025-2026 yillar ko‘z-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida

                                        2025-2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va tabiiy gazni istemolchilarga uzluksiz va betalofat yetkazib berish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda. Shu kungacha 208 ta gaz taqsimlash qurilmalari shu jumladan 19 ta yuqori bosimli va 189 ta o‘rta bosimli gaz taqsimlash qurilmalari yillik taftishdan utkazildi, 3 ta gaz taqsimlash qurilmalari mukammal ta’mirlandi. Bundan tashqari 68,0 km gaz quvurlari bosim ostida zichlikka sinash, 119,5 km yer osti gaz quvurlari maxsus uskuna yordamida holatini tekshirish ishlari, 22 km yer usti gaz quvurlari buyoklanib tartibga keltirish ishlari bajarildi.

            Tumanda aholi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida 2025-2026 yil kuz-qish mavsumida elektr uskunalarni ishlashga tayyorlash chora-tadbirlar bo‘yicha 2025 yilda HL-10 kV 59,8 km, HL-0,4 kV 84,1 km jami bo‘lib 143,9 km va 55 dona transformator punkti mukammal ta’mirlashga rejalashtirilgan bo‘lib, shundan HL-10 kV 59,8 km, HL-0,4 kV 84,1 km jami bo‘lib 143,9 km elektr uzatish tarmog‘ida salqi simlar tortilib, daraxt shoxlaridan tozalandi va 55 ta transformator punktlari mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

            Bundan tashqari;

            Tuman mahalliy byudjetidan 287,9 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu mablag‘lar hisobiga tumanning Tug‘olon, Oktepa, Xudoyberdi, Obodon, Bog‘oloni mahallalarida elektr ta’minotini yaxshilash uchun 117 dona temir beton ustunlar, 13,35 km Sip kabel, 36 dona izolyator hamda 6 dona traverslar o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan hozirgi kunda ishlar boshlangan.

            Viloyat byudjeti mablag‘lari hisobidan 600 mln.so‘m mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, bu mablag‘lar hisobiga tumanning Sh.Nazar, Oktepa, Dobusqal’a, Guliston, Xudoyberdi, Obodon, Yobu, Bo‘ston, M.Nodim va Qaynarbuloq mahallalarida 143 ta temir beton ustunlar, 6,4 km Sip kabelitarmog‘i tortish, 7 ta transformator o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

            Tuman suv taminoti bo‘limi tomonidan 2025-2026 yil kuz-qish mavsumida suv obektlarini barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy tamirlash bo‘yicha “Samarqand suv ta’minot” AJ Paxtachi tuman filiali tomonidan aholini kuz-qish mavsumida toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash uchun 1 dona nasos mukammal, 3 dona  nasos joriy tamirlandi hamda 700 metr polietilen quvurlar mukammal, 350 metr polietilen quvurlar joriy tamirlandi. 8 dona zadvejka mukammal tamirdan chiqarildi.

            2025 yilda tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Boltali mahallasida 5,5 km, Guliston mahallasida 0,3 km, Gulshan mahallasida 0,8 km, Jona mahallasida 6 km, Ukrash mahallasida 1,6 km tarmoq tortish ishlari amalga oshirildi.

            Bundan tashqari viloyat byudjeti mablag‘lari hisobidan                              600 mln.so‘m, Tuman mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan 353 mln.so‘m mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, bu mablag‘lar tumanning Mojor, Qirguli, Keshtali va Qoratepa mahallalarining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda kuz qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun yo‘naltirilgan.

Tuman Telekommunikatsiya bog‘lamasida 2025-2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Telekommunikatsiya bog‘lamasi binosi tom qismiga 20 kVtli quyosh panellari mavjud bo‘lib, qurilmalarni muntazam ishlashi va aloqani uzluksizligini taminlash maqsadida 53 kVtli dizel generatori o‘rnatilgan va hozirgi kunda 250 litr yoqilg‘i zaxirasi yaratildi.

Tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2025-2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan 100 tonna tuz, 400 m3 kum shag‘al aralashmasi zaxirasi yaratildi.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2025-2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan 10 tonna tuz, 100 m3 kum shag‘al aralashmasi zaxirasi yaratildi.

            Tuman Tibbiyot birlashmasiga 220 tonna kumir maxsuloti OP va OShPlarga taqsimot asosida tarqatildi va omborxonalarga joylashtirilib reja 100%ga bajarildi.

          Joriy yil Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida 2025-2026-yil kuz-qish mavsumini betalofat  o‘tkazish maksadida jami 3056 tonna ko‘mir yoqilg‘isi reja qilingan bulib, taqsimot buyicha 100 % yetkazildi. Shundan 719 tonna maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va 2337 tonnasi umumta’lim maktablariga berildi va omborxonalarga joylashtirildi. Shuningdek Madaniyat bo‘limiga 125 tonna, Sport bo‘limiga 40 tonna, Kollej va texnikumlarga 65 tonna ko‘mir maxsuloti yetkazib berildi.

      Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida 2025-2026-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maksadida xar bir tashkilotni issiqlik tizimi xolati o‘rganilib kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

            Shuningdek, tuman axolisiga 2025-2026 yil kuz-qish mavsumi uchun jami 8000 tonna kumir maxsulotini yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda aholiga 442 tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib berilgan va ishlar davom etmoqda.

2025-2026 yil kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Viloyat byudjetidan ajratilgan 800 mln.so‘m mablag‘lar, tumanning Mirzo olim mahallasi hududida joylashgan bush turgan binoni ijtimoiy uy qilib ta’mirlash uchun, Mevali va Mustaqillik ko‘chalaridagi mavjud piyodalar yo‘lakchalarini ta’mirlashi uchun, Toshko‘prik mahallasi Amir Temur ko‘chasida xavfsiz piyodalar yo‘lakchasini barpo etish uchun hamda tuman markazidagi ta’mirtalab holatga kelib qolgan istirohat bog‘ini ta’mirlash uchun yo‘naltirilgan.

 

 

 

 

 

 

Teglar
- -