insurez
16-02-2026 19:04

Bozor bo'yicha munosabat


YouTube ijtimoiy tarmog'ida “Tezkor Samarqand Pahtachi Dehqon bozori Nega Bardak Va Anchli Axvolda Ma’sular Qatga Qarovotti” nomli videomaterialda muallif jonli efir orqali Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bozordagi holatni ko‘rsatib, u yerda tadbirkorlar uchun sharoitlar yaratilmagan deb tanqid qilingan. 
Shuningdek, bozor hududida yomg‘ir suvi oqib kirib, tadbirkorlar selofan yopib ishlashga majbur bo‘layotgani, sanitariya va infratuzilma masalalari ham yetarli darajada hal qilinmagan deb e’tiroz bildirilgan.

Ushbu bo‘yicha Paxtachi tuman bozor ma’muriyati quyidagilarni ma’lum qiladi. Bozorda yomg‘ir va oqava suv oqishi uchun barcha sharoitlar qilingan. Suv to‘planib qolish holati mavjud emas. Bozorda savdo qiluvchi tadbirkorlar "Ramazon yarmakasi" uchun olib kelgan mahsulotlari ko‘pligi sababli o‘zlariga ajratilgan joydan chetga chiqishi natijasida yomg‘irdan himoya qilish uchun salafan bilan o‘rab qo‘yishgan. Tadbirkorlar ogohlantirilib, tartibga keltirildi.
Shuningdek. ushbu bozorda savdogar va tadbirkorlarni keng jalb qilish uchun joriy yil birinchi choragida rekonstursiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Jumladan avtoturargohni kengaytirish, qovun tarvuz savdosi uchun alohida pavilion tashkil qilish bo‘yicha ishlar boshlangan.
Hurmatli yurtdoshlarimiz va blogerlardan to‘liq o‘rganmasdan bunaqangi bir tomonlama lavhalar tayyorlamasliklarini so‘rar edik.

Paxtachi dehqon bozori ma’muriyati

Teglar
- -