insurez
29-11-2024 14:25

Aholiga ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi o'rganildi


Bugun 29- noyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy  agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i X. Nazarov Paxtachi tumanidagi  "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishish maqsadida tumanda bo'ldi. 
Ish kuni davomida "Yobu" mahallasida tuman hokimi M.Xamdamov bilan birgalikda  ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun sayyor qabul o'tkazildi.
So'ngra tuman hokimi M.Xamdamov tumanda tashkil etilayotgan yangi loyihalar va ular asosida aholini jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni ish bilan ta'minlash rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Aholini ijtimoiy ko'makka muhtoj qatlami turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Go'ro'g'li mahallasida bo'lishdi. 
O'rganishlar so'ngida Ijtimoiy himoya milliy  agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i X. Nazarov va mutasaddilar tomonidan Paxtachi tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida mahallalardagi ijtimoiy xodimlarni muammo va takliflari tinglanib, zaruriy  ko'rsatmalar berildi.

 


 

Teglar
- -