44-sonli MTTdagi holat bo'yicha MUNOSABAT
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati so'roviga asosan shuni yozib ma'lum qilamiz ki, joriy yilning 10 fevral kuni Paxtachi tumani 44-sonli MTTdagi holat bo'yicha videomaterial o'rganildi. Natijada mazkur material 2023 yilning yanvar oyida olinganligi videotasvirdagi holat asossiz ekanligi ma'lum bo'ldi.
Mutasaddi rahbarlar va ota-onalar orqali 44 sonli MTTdagi isitish tizimi o'rganilganda, MTT sharoitlari yaxshi, to'liq zamonaviy sharoitlarga ega ekanligi, isitish qozonlari muntazam ishlab turganligi, barcha xonalar haroratlari meyyorda ekanligi ma'lum bo'ldi.
Fuqarolardan bunaqangi asossiz xabarlarga ishonmasliklarini va ta'lim muassasalarida biron qonun buzulish holatlari bo'lsa tuman mutasaddilariga murojaat qilishlarini so'rab qolar edik.
Paxtachi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi