insurez
12-02-2025 13:03

44-Bog’chadagi ko’mir o’g’riligi bo’yicha MUNOSABAT


Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati so’roviga asosan, Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Mirkan MFY hududida joylashgan 44-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi “Bog‘cha ma’muriyati ko‘mirni sotadi degan gap yuribdi. Shu rostmi?” nomli videolavha yuzasidan shuni yozib ma’lum qilamiz.

Bugungi kunda 44-DMTTda 4 ta guruh bo‘lib, 6 nafar tarbiyachi 82 nafar tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelinmoqda. Ta’lim tashkilotiga bitta qozonxona ichida ikkita isitish qozoni bo‘lib, ular ishchi xolatda.

O‘rganish jarayonida, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ushbu videolavha 2023-2024-o‘quv yilidagi holat bo‘lib, mutlaqo asossiz. Joriy 2024-2025-yil kuz-qish mavsumi uchun 33 100 (o‘ttiz uch bir yuz) tonna ko‘mir yoqilg‘isi berilgan bo’lib, Bugungi kunda issiqlik tizimi ishchi holatda va doimiy ravishda o‘t yoquvchilar tomonidan yoqib borilmoqda.

Videolavha eski bo’lib, unda ko’rsatilgan holat bo’yicha haqiqatda 2024-yil 26-dekabr kuni 44-DMTT xo‘jalik mudiri va o‘t yoquvchisi tomonidan 120 kg ko‘mir yoqilg‘isi bog‘chadan olib chiqilib, hamshirasi xonadoniga olib borib tushirilgan. Ushbu holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tekshiruv ishlari natijasida Paxtachi tuman sudining ochiq sud majlisida har biriga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 61-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan. Hamda yuqoridagi holat yuzasidan ham tashkilot direktoriga nisbatan “xayfsan” intizomiy jazosi ham qo‘llanilgan.

Teglar
- -