3-dekabr "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan bir qator tadbirlar o'tkazildi
#inklyuziv_jamiyat
#teng_imkoniyatlar
Paxtachi tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 3-dekabr "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan tuman sport maktabi bilan birgalikda Mojor sport kompleksida para stol tennis va para yengil atletika bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.
Musobaqa so'ngida ishtirokchilar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Bugun shuningdek, Madaniyat bo'limi bilan birglikda konsert dasturi tashkil etildi. Konsert dasturi davomidan nogironligi bo'lgan shaxslarga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida "Inson" markazi psixologlari tomonidan trening mashg'ulotlari o'tkazildi.