2025 yilning I-choragida “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” orqali amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot.
Paxtachi tumanida 2025 yilning I-choragida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlar uchun “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” orqali amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot.
Hammamizga maʻlumki 2025-yil 1-yanvardan eʻtiboran respublikaning barcha tuman (shahar)larida tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi belgilangan. Shunga asosan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 1-mavsumida jami mablagʻlar 16 mlrd 430 mln soʻmni tashkil etib 11 ta loyihalar gʻolib deb topilib va hozirda X/R ochish ishlari boshlangan:
Jumladan:
1 Mahalla guzari (mahallada umumfoydalanishda boʻlgan boshqa obyektlar) ni taʼmirlash-tiklash bilan bogʻliq tadbirlari uchun 1 ta loyihalarga 1 mlrd 500 mln soʻm;
2 Sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari uchun 3 ta loyihaga 4 mlrd 500 mln soʻm;
3 Ichki yoʻllarni (piyodalar yoʻlakchasi, yoʻl oʻtkazgichlar) taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar 2 ta loyihaga 2 mlrd 999 mln 700 ming soʻm;
4 Boshqa taʼlim muassasalarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari uchun 2 ta loyihaga 2 mlrd 909 mln 030 ming soʻm:
5 Umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari uchun 3 ta loyihaga 4 mlrd 500 mln soʻm:
Paxtachi tuman Iqtisodiyot va
moliya boʻlimi boshligʻi o‘rinbosari B.Iriskulov
Ijrochi R.Ramazonov