insurez
16-01-2025 09:44

2025-yil bandlik rejasi


2024-yilda Paxtachi tumanida Bandlik dasturi, kambag‘allikni qisqartirish, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor, G‘ijduvon tajribalari asosida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda belgilangan rejalar to‘g‘risida MA’LUMOT

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi
“2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda aniq hisob-kitoblar asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Paxtachi tumanida 2024-yil uchun 18981 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan bo‘lib, ushbu rejalarni sohalar kesimida oladigan bo‘lsak, investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 1097 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 6993 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida reja 10188 ta hamda qurilish sohasida 703 ta, shu jumladan, doimiy ish o‘rinlariga 9113 ta, mavsumiy ish o’rinlariga 9446 ta hamda vaqtinchalik ish o‘rinlariga 422 tani tashkil qiladi.

Qaror ijrosi yuzasidan hisobot davridagi amaliy ishlar tahlil qilinganda, 2024-yil davomida jami 24 799 nafar fuqarolar turli yo‘nalishlarda band qilinib, rejaga nisbatan 130,7 foizga yoki 5 818 taga ortiq bajarildi. Xususan,

investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga reja 1097 nafar, amalda 2600 nafar yoki rejagan nisbatan 237 foiz;

xizmat ko‘rsatish sohasida reja 6 993 nafar, amalda 8 662 nafar yoki rejaga nisbatan 124 foiz;

qishloq xo‘jaligi sohasida reja 10 188 nafar, amalda 12 509 nafar yoki rejaga nisbatan 123 foiz;

qurilish sohasida reja 703 nafar, amalda 1 028 nafar yoki rejaga nisbatan 146 foiz aholi bandligi ta’minlangan.

Tumanni kambag‘allikdan holi hududga aylantirish maqsadida “Kambag‘allikdan - farovonlik sari” shiori ostida tuman hokimligida tashkil etilgan “Kambag‘allikdan - farovonlik sari” dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan Shtab bilan birgalikda 79 ta tuman tashkilotlar rahbarlari, o‘rinbosarlari hamda tashabbuskor tadbirkorlar ro‘yxati shakllantirilib, ularga tumandagi 380 ta kambag‘al oilalar biriktirilgan.

Tasdiqlangan ro‘yxat asosida biriktirilgan tashkilotlar va kambag‘al oilalar “Onlayn mahalla” hamda onlayn so‘rovnomalar IHMA.uz platformasiga kiritilib individual rejalar qilindi.

“Sayxunobod tajribasi”ga asosan tumanda 1769 ta mikroloyihalar ishga tushirildi. Ushbu mikroloyihalarni ishga tushirish natijasida 2615 ta ish o‘rinlari yaratildi.

2024-yilda Paxtachi tumanida “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida 6 ta loyiha amalga oshirildi, ushbu loyihalarning umumiy qiymati 102,5 mlrd. soʻm boʻlib, (58,0 mlrd.soʻm tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hisobiga 44,5 mlrd.soʻm bank krediti mablagʻlari hisobiga amalga oshirilib buning natijasida 450 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Loyihalar amalga oshirilishi natijasida byudjetga 2,5 mlrd soʻm qoʻshimcha mablagʻ tushirilishga erishildi.

“Gʻijduvon tajribasi” asosida Paxtachi tumanida 2024-yil davomida
5 ta mahalladan 19 ta loyiha ishga tushishi natijasida 264 ta aholi bandligi taʼminlandi.

2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar.

Joriy 2025-yilda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan kambag‘al oilalar sonini 2223 tagacha yoki 4,9 foizga pasaytirish, ishsizlar sonini 2875 nafarga qisqartirib ishsizlik darajasini 5,0 foizgacha tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 200 ta tadbirkorlik subyektlari, 480 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar tashkil etish, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar sonini 6 767 nafarga oshirish rejalashtirildi.

Shuningdek, tumanda 2025-yil uchun jami 16 035 ta yangi ish o‘rni yaratish bo‘yicha “Bandlik dasturi” shakllantirilgan bo‘lib, rejalar tarmoqlar kesimida quyidagicha taqsimlab olingan, xususan investitsiyalar dasturi doirasida 1 824 ta, qishloq xo‘jaligida 4 495 ta, banklar tomonidan aholini doimiy ish o‘rinlari hamda tadbirkorlikka jalb qilish yo‘nalishida 9 134 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilab olindi.

“Sayxunobod tajribasi” asosida 2 360 ta mikroloyihalarni, shuningdek, banklar o‘zlari biriktirilgan har bir mahallada namuna qilib ko‘rsatish uchun kamida 10 ta kam daromadli xonadonlar daromadini 60-70 mln. so‘mdan oshirish yuzasidan loyihalarni amalga oshirish belgilab olindi.

“Uychi tajribasi” asosida banklarning 540 ta faol mijozlari bilan 108 ta uchrashuvlar tashkil etib, uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish hamda hamkorlikda ishlash orqali 4 199 nafar aholini doimiy ishga joylashtirish rejalashtirildi.

“Zarbdor tajribasi” asosida 113 mlrd. so‘mlik 6 ta “drayver” loyihalarni amalga oshirish orqali, 450 ta yangi ish o‘rinlari, 9,6 mlrd.so‘mlik budjetga qo‘shimcha tushum tushirish rejalashtirildi.

“G‘ijduvon tajribasi” asosida 6 ta sanoat loyihalarni ishga tushirish orqali 60 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirildi.

Ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida tijorat banklari va bandlik bo‘limlari birgalikda jami 40 gektar yer maydonida loyihalarni amalga oshirilishi orqali 125 nafar aholi bandligini ta’minlash belgilangan.

Teglar
- -