Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz to‘qqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2024-yilning 21-may kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi bir yuz to‘qqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 4 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 29-Jona saylov okrugidan saylangan deputat Chorshayev Abdunazar Raxmatovichni bir ovozdan saylandi.
Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 6 ta masala koʻrib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2024-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i D.Haydarovning axboroti eshitildi. Axborot muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala Tuman hududida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida sektor rahbarlarining hisoboti eshitildi. Hisobot so‘ngida
Kun tartibidagi navbatdagi masala Tumandagi 1 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida taklif berildi va taklif maqullanib tasdiqlandi.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala Tuman mahalliy budjetining 2024-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ayrim tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida bo‘lib quyidagi masala muhokama qilindi va tassdiqlandi.
Kun tartibidagi keyingi masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 79-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi va muhokama qilinib tasdiqlandi.
Kun tartibidagi so‘ngi masala Tuman hokimi va yerdan foydalanuvchilar o‘rtasida tuzilgan yer ijarasi shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tog‘risida bo‘ldi. Tuman deputatlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib masala tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Paxtachi tumani
Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz o‘n birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2024-yilning 1-iyul kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi bir yuz o‘n birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 21 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 8 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 1-Qo‘shhovuz saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Kenjayev Farxod Babamuradovichni bir ovozdan saylandi.
Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 5 ta masala koʻrib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala Tuman mahalliy budjetining 2024-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ayrim tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulovning taklifi. Taklif muhokama qilinib, bir ovozdan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi navbatdagi Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi tomonidan tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitishning tartibini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘lib, deputatlar o‘rtasida atroflicha muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Kun tartibidagi keyingi masala Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha tartibini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘ldi. Axborot berish bo‘yicha tartiblar deputatlar orasidan muhokama qilinib o‘z tasdig‘ini topdi.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida bo‘lib, mazkur qaror mazmuni bilan deputatlar yetarlicha tanishib chiqishdi va bir ovozdan maq’ullandi.
Kun tartibidagi so‘ngi masala Tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Juraqulovaning hisoboti eshitildi. Hisobot muhokama qilinib tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Paxtachi tumani
Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz o‘n uchunchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2024-yilning 2-avgust kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi bir yuz o‘n uchunchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 4 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 11-Mojar saylov okrugidan saylangan deputat Arziqulov Shuhrat Eshpulatovichni bir ovozdan saylandi.
Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 8 ta masala koʻrib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala. Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi va masala muhokama qilinib ma`qullandi.
Kun tartibidagi keyingi masala Paxtachi tumani saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida bo‘lib, masala tasdiqlandi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil II yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala Tuman mahalliy budjetining 2024-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar hamda 2024-yil 2-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida bo‘ldi. Masala deputatlar o‘rtasida muhokama qilinib, tasdiqlandi.
Kun tartibidagi keyingi masala Paxtachi tumanining chegara chizig‘i chizmasi va tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi. Bu masalada ma`sullar muhokama qilib masalani tasdiqladilar.
Kun tartibidagi navbatdagi masala Tumanda “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida bo‘lib, masala atroflicha muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Kun tartibidagi yettinchi masala Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmonining ijrosi yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Nosirovning hisoboti eshitildi va bir ovozdan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi so‘ngi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli Farmonining 17-bandi ijrosi bo‘yicha tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i B.Azizovning hisoboti eshitildi. Hisobot muhokama qilidi va tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 114 - sessiyasi
K U N T A R T I B I
1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yichaokrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarnitavsiya etish to‘g‘risida.
2. Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalari to‘g‘risida.
3. Tuman hokimining 2024-yil 6-avgustdagi “Paxtachi tumani hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 272-7-102-Q/24-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Haqnazarovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risidagi axboroti.
5. Tumanda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyatini takomillashtirish, belgilangan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi B.Urinovning hisoboti.
LOYIHA-1
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha
okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni
tavsiya etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21-moddasi,
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz o‘n to‘rtinchi sessiyasi
Q A R O R Q I L A D I :
1. Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining 2024-yil 7-avgustdagi 13-sonli qaroriga muvofiq, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha jami 60 ta saylov okrugi tuzilganligi, shundan 2 tasi Paxtachi tumani hududiga mansubligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi I.Mansurovning xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha tumandagi okrug saylov komissiyalari a’zoligiga fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan nomzodlar haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha Paxtachi tumanidagi “37-Sultonobod” hamda “38-Xumor” okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar ro‘yxati tegishlicha 1-2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin hamda Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasiga tavsiya etilsin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri (R.Magripova) okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni
Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 19-iyuldagi 1352-sonli qaroriga muvofiq, “E-SAYLOV” axborot tizimi orqali Hududiy saylov komissiyasiga yuborilishini ta’minlasin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri (R.Magripova) zimmasiga yuklansin.
Xalq deputatlari Paxtachi
tumani Kengashi raisi M.Xamdamov
LOYIHA-2
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 3-fevraldagi KQ-4–IV-sonli Qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 8-iyuldagi 23-sonli Qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 10-iyuldagi 22/2896-sonli xatiga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz o‘n to‘rtinchi sessiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining
2024-yil 8-iyuldagi “Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi kotibiyatining namunaviy ichki mehnat tartib qoidalari to‘g‘risida”gi 23-sonli Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining xodimlari mazkur Ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, tegishli ishlarni amalga oshirishlari belgilab qo‘yilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri (R.Magripova) zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Paxtachi
tumani Kengashi raisi M.Xamdamov
LOYIHA-3
Tuman hokimining 2024-yil 6-avgustdagi “Paxtachi tumani hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 272-7-102-Q/24-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan tuman hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash maqsadida, xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz o‘n to‘rtinchi sessiyasi
Q A R O R Q I L A D I:
1. Tuman hokimining 2024-yil 6-avgustdagi “Paxtachi tumani hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 272-7-102-Q/24-sonli qarori tasdiqlansin.
Xalq deputatlari Paxtachi
tumani Kengashi raisi M.Xamdamov
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2024-yilning 6-noyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugungi yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining birinchi sessiyasida 2024-yil 27-oktabr kuni Xalq deputatlari tuman Kengashiga yangi saylangan 25 nafar deputatlarning 25 nafari ishtirok etishdi.
Sessiya ishida viloyat hokimining vakili sifatida viloyat hokimining
Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari To‘xtayev Xusan Mirzayevich ham ishtirok etdilar.
Shuningdek, bugungi sessiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, tumandagi tashkilotlar rahbarlari, tuman hokimligi mas’ul xodimlari, jamoat tashkilotlari va OAV vakillari, tuman faollari qatnashdilar.
Sessiyani tuman markaziy saylov komissiyasi raisi A.Nosirov olib bordi. Sessiya davlat madhiyasini ijro qilish bilan boshlandi. Dastlab sessiyaga kotib saylab olindi.
Bir ovozdan 13-Mirzo Ulug‘bek saylov okrugidan saylangan deputat Kenjayev Farxod Babamuradovichni sessiya kotibi etib saylashdi.
Sessiya kun tartibiga uchta masala kiritilgan.
1. Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish haqida.
2. Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Viloyat hokimining tuman hokimini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash haqida.
A.Nosirov tuman saylov komissiyasi raisi sifatida 2024-yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari bo‘yicha qisqacha axborot berdi.
Shundan so‘ng sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi birinchi masala – Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish masalasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashiga siyosiy partiyalarning
tuman Kengashi tomonidan Kengash tarkibida o‘z guruhlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha murojaat etganlar. Shunga asosan, Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashidagi
- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan 7 nafar deputatdan iborat partiya guruhini;
- O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 3 nafar deputatdan iborat partiya guruhini;
- O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan 3 nafar deputatdan iborat partiya guruhini;
- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan 9 nafar deputatdan iborat partiya guruhini;
- O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 3 nafar deputatdan iborat partiya guruhini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan ovoz berildi va tasdiqlandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala – Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
2024-yil 21-oktabrdagi KQ-835-IV-sonli hamda 2024-yil 31-oktabrdagi
KQ-846-IV-sonli qarorlari bilan Xalq deputatlari Kengashlarining namunaviy Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi namunaviy Nizom tasdiqlangan.
Ushbu namunaviy hujjatlar asosida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomi loyihalari ishlab chiqildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi
Kun tartibidagi uchinchi masala – viloyat hokimining tuman hokimini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.
Amaldagi qonunchilikka asosan tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Shu munosabat bilan kun tartibidagi mazkur masala bo‘yicha so‘zni viloyat hokimining vakili To‘xtayev Xusan Mirzayevichga berildi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunda tuman hokimi lavozimiga nomzod xalq deputatlari Kengashiga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturini taqdim etishi belgilab qo‘yilgan.
Shu bois, so‘z tuman hokimi lavozimiga nomzod Xamdamov Muzaffar Yazdonqulovichga berildi.
Tuman hokimi lavozimiga nomzod bo‘yicha deputatlardan I.Sanayev, R.Magripova, S.Abdullayevalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Viloyat hokimining Xamdamov Muzaffar Yazdonqulovichni tuman hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash masalasini ovozga qo‘yildi va bir ovozdan tasdiqlandi.
Tuman hokimi Rayosatga taklif qilindi. Tuman hokimi Xamdamov Muzaffar Yazdonqulovich tumanimizning taraqqiyoti va ravnaqi, yanada gullab yashnashi uchun Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan bunyodkorlik ishlarini olib borishda, dasturiy rejalarni deputatlar, xalqimiz bilan yelkama-yelka turib ish olib borishini bildirdi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2024-yilning 3-dekabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugungi yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining ikkinchi sessiyasida Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan 25 nafar deputatlardan 24 nafari ishtirok etishdi. Bir nafar deputat uzrli sababga ko‘ra ishtirok etmadi.
Sessiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, tumandagi tashkilotlar rahbarlari, tuman hokimligi mas’ul xodimlari, jamoat tashkilotlari va OAV vakillari qatnashdilar.
Sessiyani tuman Kengashi raisi M.Xamdamov olib bordi. Dastlab sessiyaga kotib saylab olindi.
Bir ovozdan 9-Obodon saylov okrugidan saylangan deputat Xusanova Norbegim Rivojovnani sessiya kotibi etib saylashdi.
Sessiya kun tartibiga beshta masala kiritilgan.
Kun tartibidagi birinchi masala Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida edi.
Ushbu masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Navbatdagi masala Xalq deputatlari tuman Kengashida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini Kengash raisi tanishtirdi va deputatlardan munosabat bildirishni so‘radi. Deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
So‘ngra Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi masala o‘qib eshittirildi va tasdiqlandi.
Sessiya tuman hokimining 2024-yil 12-noyabrdagi “Arnaqulov Usmonjon Shukurullayevichni tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 397-7-102-Q/24-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni muhokama qilish bilan davom etdi va tasdiqlandi.
Sessiya yakunida tuman hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror loyihasi muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2024-yilning 26-dekabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyaga 25 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 23 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 2 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 13-Mirzo Ulug‘bek saylov okrugidan saylangan deputat Kenjayev Farxod Babamuradovich bir ovozdan saylandi.
Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 11 ta masala ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Haqnazarovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. A.Haqnazarov axborotda murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan to‘xtalib o‘tar ekan, 1-sektor kotibi I.Norqulovni fuqarolar bilan samarali ishlar olib borganligini ta’kidladi va rag‘batlantirish taklifini berdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Juraqulovaning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi keyingi masala ham tumanda “Ayollar daftari”da turgan 4002 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Juraqulovaning taklifi eshitildi. I.Jo‘raqulova 5-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand ayollar bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi va beshinchi bosqich “Ayollar daftarida turgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish taklifini berdi.
Sessiya tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i
Sunnat Boyqobilovning “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi taklifi bilan davom etdi. S.Boyqobilovning taklifi deputatlar tomonidan ma’qullandi..
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 148-moddasiga asosan Paxtachi tumanining 2024-yil 3-chorak mahalliy budjetining xarajatlar qismiga o‘zgartirish kiritish haqida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulovning hisoboti muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Kun tartibidagi oltinchi masala tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S.Boyqabilovning 2024-yil 3-chorak yakuni bo‘yicha tuman mahalliy budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti edi. S.Boyqobilovning hisoboti eshitildi va atroflicha muhokama qilindi va ma’qullandi.
Shundan so‘ng tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulov Paxtachi tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tahlili to‘g‘risida hisobot berdi va deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Kun tartibidagi sakkizinchi masala yuzasidan tumanda 2024-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturini ijrosini ta’minlash va amalga oshirilgan vazifalar to‘g‘risida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i B.Azizovning hisoboti eshitildi. Deputatlar tomonidan B.Azizovga savollar berildi. Nechta nogironligi bo‘lgan fuqaro ishga joylashtirilganligi, kasb-hunarga o‘qitilganlarni ishga joylashtirish masalasida qanday ishlar olib borilayotganligi to‘g‘risidagi savollar berildi. B.Azizov batafsil javob berdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 28-sentabrdagi “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-166-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman Elektr ta’minoti bo‘limi boshlig‘i U.Xoliqulovning hisoboti ham eshitildi. Masala yuzasidan berilgan savollarga U.Xoliqulov atroflicha javob berdi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala tumanda “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklif eshitildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi o‘n birinchi masala tumanda 2025-yil “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash to‘g‘risidagi tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulovning hisoboti eshitildi va tasdiqlandi.