insurez
08-11-2025 17:24

Tibbiyot xodimlari kuniga Paxtachi tumani hokimi ma'ruzasi


Assalomu alaykum hurmatli tibbiyot xodimlari, aziz shifokorlar va hamshira opa-singillar!

Barchangizni Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!

Inson salomatligini asrash, hayotini saqlab qolish va unga sog‘lom kelajak hadya etishdek ulug‘ va mas’uliyatli kasb egalari sifatida Sizlarning mehnatingiz har qancha e’tirofga loyiqdir.     

Bugungi kunda tumanimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiyot muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash, soha xodimlarining mehnatini munosib qadrlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2025 yil 10 oy davomida markaziy shifoxona bo‘limlarida jami 16 ming 158 nafar bemorlar davolanib chiqqan, har bir bemor o‘rtacha 3 kundan davolanib, ular tomonidan 69 ming 479 kun o‘rin o‘tkazilgan va o‘rin kun reja 99.7 %ga bajarilgan.

Tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida jami 1 013 ta an’anaviy jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 251 tasi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlaridir.

Tumanlararo Gemodializ markazida 5 ta apparat mavjud bo‘lib, 2025 yil avgust oyida markazlashgan xolda 2 dona apparat o‘rnatilib ishga tushirildi. Gemodializ markaziga boshqa tumanlardan 1 nafar, Paxtachi tumanidan 15 nafar gemodializ oluvchi bemorlar uchun bir oy davomida 6 turdagi zaruriy dori-darmonlar bilan ta’minlash maqsadida jami 35 mln.so‘m mablag‘ ajratib kelinmoqda.

Shuningdek, “Go‘rug‘li” oilaviy shifokorlik punkti binosini 1 mlrd 38 mln.so‘mlik davlat investitsiya asosida rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan.

2024 yil “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 3 ta yo‘nalishda jami 4 mlrd 080 mln. so‘mlik  yangi zamonaviy qabul bo‘limi, Markaziy shifoxonaning Tug‘ruq bo‘limi, Tez yordam bo‘limi binolari zamonaviy va qulay sharoitga keltirildi.

 

 

2025 yil 1 mavsum “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida  1 mlrd 500 mln so‘mdan 2 ta loyiha, birlashmaga qarashli “Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazi”ning kapital ta’mirlash ishlari hamda “Klinik diagnostika va laboratoriya bo‘limini” kapital ta’mirlash va qo‘shimcha binolar qurishda bajariladigan qurilish va ta’mirlash ishlari tugatilgan, ishga tushirish arafasida.

Bundan tashqari, 2025 yil 1-mavsum “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida keyingi g‘olib loyiha ya’ni,  birlashma tizimidagi barcha bo‘lim va muassasalar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish va davlat tibbiy sug‘urta mezanizmlarini joriy etish, maqsadida 1 mlrd. 500 mln. so‘m mablag‘ga 50 dona printer, 200 dona kompyuter jamlanmalari olib kelinib, taqsimot asosida muassasalarga tarqatildi.

2025 yil 2 mavsum “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 2 ta loyixa ya’ni, 1 mlrd. 500 mln. so‘m mablag‘ga Farovon Yo‘ldoshobod maxallasidagi Boltali OShP ni rekonstruksiya qilish hamda 1 mlrd. 500 mln. so‘m mablag‘ga Ukrach maxallasidagi Ukrach OShPni rekonstruksiya qilish ishlari g‘olib  deb topilgan bo‘lib, hozirgi kunda kapital ta’mirlash va qo‘shimcha binolar qurishda bajariladigan qurilish va ta’mirlash ishlarining loyixa-smeta xujjatlari tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari markaziy shifoxonaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qaroriga asosan «Yashil energiya» kompaniyasi bilan birgalikda umumiy quvvati 100 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan.

Markaziy shifoxonadagi 44 dona KOK-16 katyollari bilan kuz-qish mavsumiga 2024-2025 yillar uchun 450 mln.so‘m sarflangan bo‘lib, ushbu katyollarni dvuxkontorli katyollarga almashtirish evaziga yillik 250 mln.so‘m mablag‘ tejalishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-maydagi PF-88- Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilga 6 ta investitsiya loyihasi tasdiqdan o‘tgan bo‘lib:

- tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Ko‘rpa” oilaviy shifokorlik punktini rekonstruksiya qilish uchun 2 mlrd 850 mln;

- “Mirkent” oilaviy shifokorlik punktini rekonstruksiya qilish uchun 2 mlrd 850 mln;

- “Qarnabota” oilaviy shifokorlik punktini rekonstruksiya qilish uchun 4 mlrd 560 mln;

- tuman markaziy shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo‘limi binosini mukammal ta’mirlash uchun 2 mlrd;

- tuman markaziy shifoxonasining yertula qismini mukammal ta’mirlash uchun 1 mlrd 800 mln;

- tumandagi “Istiqlol” MFY hududida yangi oilaviy poliklinika binosini qurish uchun 6 mlrd 500 mln;

Jami bo‘lib 20 mlrd 560 mln.so‘m mablag‘ ajratildi.

Hurmatli bayram qatnashuvchilari, aholi o‘rtasida yuqumli  kasalliklarni  20 turida kasallik qayd etilib, kasallikning umumiy soni 1 658 tani tashkil etib, har 100 ming aholisiga nisbatan integsiv ko‘rsatgich 722.0 ni tashkil etdi. O‘tgan yilga  (2024 yilda 2391 tani tashkil etgan bo‘lib) nisbbatan kasallik 733 taga kamayishiga erishildi, kasalliklarni  keng tarqalishining oldi olindi.

Aholi o‘rtasida qutirish, kuydirgi kasalliklari qayd etilmadi. Sil kasalligini oilaviy  qayd etilishi oldi olindi. Bularning barchasi Sizlarning beminnat mehnatlaringizni samarasidir.

Shuningdek, aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlash tadbirlarini ko‘chaytirish maqsadida joriy yilda Islom taraqqiyot banki tomonidan 82.4 ming.dollar mablag‘ ajratilib, laboratoriya jihozlar, diognostikumlar bilan ta’minlandi.

Natijada laboratoriyalar tomonidan tahlillar o‘tkazish samaradorligi yaxshilandi, 52 478 ta tekshiruvlar o‘tkazilib, laboratoriya natijalari asosida joylarda  o‘z vaqtida sanitariya gigienik tadbirlarni amalga oshirishga erishildi.

Shuningdek   tizimidagi barcha bo‘limlar  faoliyatini to‘liq raqamlashtirish uchun 112,8 millon sum mabag‘ ajratildi. 8 dona monoblok bilan ta’minlandi.

2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarni degelmetizatsiya qilish maqsadida davlat mablag‘lari hisobidan 52.1 millon so‘m mablag‘ ajratildi va bolalar o‘rtasida gelment kasalliklarni keskin kamayishiga erishildi.

O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 4 noyabrdagi “Respublikada termitlarga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  735/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan 15.0 millon so‘m mablag‘ ajratildi va  35 ta aholi xonadonlarida termitga qarshi dezinfeksiya ishlari amalga oshrildi.

Bolalar o‘rtasida boshqariladigan yuqumli kasalliklarni oldini  olish va 13 turdagi kasalliklarga qarshi emlash uchun  davlat mablag‘lari hisobidan 1.0 milliyard so‘m ajratildi.

       Joriy yilning 10 oyida 12 475 nafar bolalar boshqariladigan yuqumli ksalliklarga qarshi emlandi.

       Epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha 10 425 nafar bolalar va 30 yoshgacha bo‘lgan aholi qizamiqqa qarshi emlandi.

 

Aziz shifokorlar, hamshiralar, feldsherlar va barcha tibbiyot sohasida fidokorona xizmat qilayotgan insonlar!

Sizlarning bemorlarning dardiga davo, xalqimizga sog‘lom hayot, jamiyatimizga quvonch olib kirayotgan ezgu ishlaringiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman.

Sog‘lig‘ingiz mustahkam, hayotingiz farovon, mehnat faoliyatingizda esa bardavom muvaffaqiyatlar tilayman.

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!

Teglar
- -