Sharq mevaxo‘ri
Ayni kunlarda barcha bog‘ va tokzorlada mevalarni pishib yetilishi boshlandi. Ma’lumki bog‘ va tokzorlarda juda ko‘p zararkunanda va kasalliklar uchraydi va ularning ayrimlari mavalarni kuchli zararlab hosilni nobud qiladi. Shunday zararkunandalardan biri karantin ob’ekti hisoblangan Sharq mevaxo‘ri haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz.
Zarari. Shaftoli, olxo‘ri, gilos, olcha, o‘rik, olma, nok va behiga jiddiy zarar yetkazadi. U asosan novda va mevani zararlaydi. Gilos daraxtlarida esa yangi o‘sgan novda uchidan kirib o‘rtasini yeydi. Shaftolining yosh novdalarini zararlab, bora-bora quritib qo‘yadi. Shaftolida meva ichiga kirib danak atrofini yeydi.
Hayot sikli.Qurti po‘stloq tangachalarining ostida va o‘simlik qoldiqlarining orasida pillaga o‘ralgan qurtlik holatida qishlaydi. Erta ko‘klamda qurtlar g‘umbakka aylanadi va shaftoli ullagan davrda kapalaklar paydo bo‘ladi, bular kechqurun va tun boshlarida faolroq bo‘ladi. Urg‘ochi kapalaklar dunyoga kelgandan besh kun keyin tuxum qo‘ya boshlaydi. Kapalaklar barglarga va qisman barg yonliklariga, tuguncha va mevalarga bittadan tuxum qo‘yadi. Urg‘ochisi jami 100-200 ta tuxum qo‘yadi. Qulay sharoitda tuxumdan uch kunda lichinka chiqadi, havo sovuganda tuxumdan lichinka chiqishi uch haftagacha cho‘zilishi mumkin. Tuxumdan chiqqan 1-avlod qurtlari novdalarda oziqlanib voyaga yetadi. Ikkinchi avlod qurtlari esa novdalar va ayrim hollarda meva bilan oziqlanadi. Mevalar pishishiga yaqin sharq mevaxo‘ri uchun novdalardan ko‘ra mevalar eng yaxshi oziqlanish man-baiga aylanadi. Ko‘klam-yozda chiqqan qurtlarning
o‘sish davri 6-24 kun, kuzda chiqqan qurtlarniki esa kamida 50 kun davom etadi. Qurtlar oziqlanishni tamomlagach daraxtlarning tanalaridanpastga tushib, pillaga o‘raladi. Qishlayotgan qurtlarning pillasi yozgi qurtlarning pillasiga qaraganda zichroq bo‘ladi. Yozgi qurtlar pilla o‘ragandan keyin tez orada g‘umbakka aylanadi. Yozgi qurtlarning g‘umbak davri 7-13 kun, qishlab chiqqan qurtlarning g‘umbaklari esa kamida 17 kunda yetiladi. Yil davomida 5-6 avlod beradi. Sharq mevaxo‘ri palasali mevaxo‘rdan ko‘ra mevalarga chuqurroq kirib oziqlanadi va tashqi tomonga chiqindisi chiqib turadi.
Kurash choralari.Agrotexnik tadbirlar – kuzda xazon barglarni to‘plab ko‘mib yuborish; daraxt tanasini eski po‘stloqlardan tozalash; daraxt atrofini chopiq qilish; daraxtlar tanasini oqlash; bog‘larda tutqich belbog‘lar o‘rnatish; pishmay to‘kilayotgan mevalarni har kuni terib olish.
Kimyoviy usul: Tarkibida xloratraniliprol, dimetoat, malation, tiokloprid bo‘lgan kimyoviy preparatlar bilan ishlov berish kerak.
Shuningdek Biologik kurash metodi ham yuqori samara beradi.
O‘simliklar karantini va himoyasi Paxtachi tuman bo‘limi