insurez
12-09-2025 12:00

Qurilishda kamchilik bo‘lmasligi kerak


Paxtachi tumanida mahalla raislari, quruvchilar hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiya va O‘zbekiston mahallalari uyushmasining qo‘shma Qaroriga asosan Mahallalarda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga oid qonun buzilishlarni oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash hamda vakolatli organlarga xabar berish haqida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Akmal Shukurov so‘zga chiqib, tumanda amalga oshirilayotgan 64 ta obyekt inspeksiya ro‘yxatiga olinganini ma’lum qildi. Joriy yil boshidan buyon ushbu obyektlarda 456 marotaba monitoring ishlari olib borilib, 410 marotaba yozma ko‘rsatmalar berilgani ta’kidlandi.

Teglar
- -