insurez
13-10-2025 15:43

Paxtachilik mashhur haykaltarosh -Umirboy Ishmurodov


Paxtachiliklar Quvondiq mahallasida istiqomat qiluvchi Umirboy Ishmurodovni butun O'zbekistonda mashhur, haykaltaroshlardan biri sifatida tanishadi.
Urinboy akaning tasviriy san'at, haykaltaroshlik va turli dizaynerlik ishlari Vatanimiz O'zbekistonning barcha viloyatlarida ko'rk va salobat bag'ishlab turibdi.
Buyuk siymolar haykallari, turli tantana marosim maskanalarida burtma suratlar, sharsharalar va ertak qahramonlari Umirboy aka bugungi kunda bajarayotgan buyurtmalarining asosini tashkil etadi.
Hozirda Navoiy viloyati Navbahor tumani markaziga she'riyat sultoni Alisher Navoiy haykalini yasash ishlarini yakunlamoqda.
Paxtachi tumani hokimi Qayum Xushbaqov aholi turmush sharoitlarini o'rganish davomida Umirboy aka xonadonida bo'lib, faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tuman hokimi noyob hunarni yosh avlodga o'rgatish maqsadida ustaga o'quv kurslar ochish bo'yicha bir qancha takliflar berdi. Ushbu bo'yicha 2-son kasb-hunar politexnikumi qiziqish bildirib, Umirboy aka bilan hamkorlikni boshladi.
Umirboy aka haykaltaroshlikdan tashqari, yaxshigina tor chalishni ham biladi. Torni mashhur xonanda Umar Sanayev berganini eslab o'tdi. Suhbatimiz so'ngida o'zining sevimli qoshig'ini ijro qilib berdi.

 

To'liq video:👉https://youtu.be/_QwacvKvR1s

Teglar
- -