O‘rganish natijalari muhokama qilindi
Bugun Paxtachi tuman hokimligi katta majlislar zalida Samarqand viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sherbek Buranov rahbarligida:
- tuman tashkilotlarida ijro intizomi, ish yuritish hujjatlari va murojaatlar ijrosi bo‘yicha o‘rganish natijalari;
- tuman hokimligida E-qaror tizimi orqali chiqarilgan qaror va farmoyishlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha kengaytirilgan muhokama bo‘lib o‘tadi.
Ish faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddilar ogohlantirilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.