Kasaba uyushmalari a'zolariga tuman hokimi tabrigi
Hurmatli mehnatkashlar, kasaba uyushmalari a’zolari!
Siz azizlarni kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Kasaba uyushmalari – mehnatkash insonlarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi, jamiyatda adolat va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptiruvchi muhim ijtimoiy institut hisoblanadi. Sizlar mehnat jamoalarida ahillik va hamkorlik muhitini yaratish, xodimlar huquqlarini ta’minlash, mehnat xavfsizligi hamda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqdasizlar.
Yurtimizda inson manfaatiga qaratilgan islohotlar jarayonida kasaba uyushmalari faoliyati tobora yangi mazmun kasb etmoqda. Bu esa har bir a’zo, har bir mehnatkash zimmasiga ham mas’uliyat, ham sharafli burch yuklaydi.
Aziz do‘stlar!
Sizlarga sog‘liq, tinchlik, oilalaringizga farovonlik, mehnat faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Birgalikda yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilaylik!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Paxtachi tumani hokimi
Qayum Xushbaqov




