insurez
04-11-2025 09:30

Jinoyatchilikning oldini olish — barchamizning burchimiz!


Paxtachi tumani Quriqlash bo‘limi TKM xodimlari hamda Paxtachi tumani IIB profilaktika inspektorlari hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-yanvardagi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida izchil ishlar olib borilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida tumanimizda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash yo‘nalishida mahallalar, fuqarolar yig‘inlari va xonadonlarda muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, Texnik quriqlash markazi tomonidan xonadonlar va turli obyektlarning ishonchli qo‘riqlovini ta’minlash maqsadida quriqlovga olish ishlari kengaytirilmoqda.

🔹 Fuqarolarning mulkiy xavfsizligini oshirish;
🔹 Mahalla tinchligini ta’minlash;
🔹 Jinoyatlarning oldini olish — bu sa’y-harakatlarning bosh maqsadidir.

 Har bir fuqaro hushyorlik va ogohlikni yanada kuchaytirsa, jamiyatimizda osoyishtalik va farovonlik yanada mustahkam bo‘ladi!

 

Teglar
- -