“Drayver” loyihalar farovonlik sari yo'l!
Paxtachi tumanida “Drayver loyiha” asosida sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida ishga tushiriladigan “drayver” loyihalar Paxtachi tumani hokimi Qayum Xushbaqov va mutasaddilar tomonida o'rganildi.
Joriy yilda Paxtachi tumanida respublika byudjetidan ajratilgan 6,7 mlrd so‘m hisobidan 5 ta mahallada 5 ta drayver loyiha hamda 1 ta mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan loyiha amalga oshirilmoqda.
Xususan, sanoatda 2 ta, xizmatlar sohasida 3 ta, qishloq xo‘jaligida 1 ta.
Loyihalarni infratuzilma bilan ta’minlash maqsadida 9 ta ob’ektda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
9 ta ob’ektda loyihachilar, 8 tasida quruvchilar aniqlangan.
Bugungi kunda ajratilgan mablag‘larning 5,2 mlrd so‘mi (77,6%) o‘zlashtirilib, ishlari davom ettirilmoqda.
"Taraqqiyot" mahallasi hududidan o‘tgan M-37 xalqaro avtomobil yo‘liinng yo‘l bo‘yi loyixasining 700 metr oralig‘ida bush turgan yer maydonlardan 15 ta lotga bo‘lib, auksuionga chiqarish orqali yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish va servis loyihalarini amalga oshirish orqali 30 ta yangi ish o‘rinlarini yaratadi va byudjetga 0,5 mlrd so‘m tushum ta’minlanadi va infratuzilma ob’ektlariga byudjetdan 656,0 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ rejalashtirilgan.
"Suluvqurg‘on" mahallasi hududidan o'tgan "Zarafshon" daryosi bo‘yidagi tuman hokimligi zahirasidagi bo‘sh turgan yer maydonidan baliqchilik, ekoturizim, aholi dam olish maskanlari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etish boshlab yuborilgan.




