insurez
25-05-2025 18:50

Chukish holati bo'yicha munosabat


Joriy yilning  24-may kuni Paxtachi tumani 6-umumiy o‘rta ta`lim maktabining 6-d sinfida o‘qiydigan Muhiddinov Nurmuhammad va Shavkatov Asadbeklar  dars mashg‘ulotlari tugagandan   so‘ng maktabdan chiqib ketib cho‘milish maqsadida Sardoba mahallasi Nazarov Oqbo‘ta  f/x dalasida  qurilgan tomchilatib sug‘orish uchun mo‘ljallangan suniy suv havzasiga borib cho‘milgan natijada suv yutish oqibatida  vafot etgan.

Maktabning 6-d sinfiga 5 soat dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan, ushbu noxush holatlar dars mashg‘ulotlaridan so‘ng sodir bo‘lgan.

Ushbu noxush holatlarni oldini olish maqsadida  joriy yilning 15-may kunidan boshlab maktabda  ota-onalarga sinflar kesimida yig‘ilishlar o‘tkazilib baxtsiz hodisalarni oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borilgan hamda ulardan kafolat xatlari olingan.

Teglar
- -