insurez
06-05-2025 08:44

BRIFING


Assalomu alaykum aziz Paxtachiliklar va tumanimiz  mehmonlari! Respublikamizning barcha hududlarida aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” joriy yilning 5-11-may kunlari o‘tkaziladi.

 “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” tadbirlari davrida:

- aholi va valantyor-qutqaruvchilar, ishtirokida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini  ta’minlash bo‘yicha o‘quv muassalari va korxona tashkilotlarda maxsusu taktik o‘uv mashg‘ulotlari o‘tkazilib borish;

- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini, xususan jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni zilzilada to‘g‘ri harakatlanishga tayyorlash tadbirlarini tashkil etish;

-mahalla aholisi ishtirokida o‘quv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muxofazasi tuzilmalarining zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorgarlik ko‘rish’

-ta’lim tashkilotlarining o‘quv va talablarini zilzila oqibatlaridan o‘zini o‘zi muxofaza qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish usullarini o‘rgatish;

-ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish holatlarini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borish kabi muhim masalalar asosiy yo‘nalishlar etib belgilab olingan.

Hurmatli hamyurtlar! Aziz Paxtachiliklar!

5-maydan dan 11-mayga  qadar yurtimizda o‘tkaziladigan “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi tadbirlarida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!!

Teglar
- -