insurez
05-11-2025 10:00

Brifing "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" bo'yicha murojaat


Assalomu alaykum hurmatli paxtachiliklar va ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!!!

Men Pensiya jamg‘armasi Paxtachi tuman bo‘limi boshlig‘i Allayorov Bobur Alim o‘g‘li.

Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparati direktorining 2025-yil 27-oktyabrdagi buyrug‘i bilan 1-noyabrdan 30-noyabrgacha Pensiya jamg‘armasi tizimida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilishi munosabati bilan Sizlarga murojaat bilan chiqmoqdaman.

Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir. Aynan shu illat sababli ko‘plab davlatlarning inqirozga yuz tutgani ham tarixdan ma’lum.

Hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsion omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Shu qatorida Pensiya jamg‘armasi tizimida ham korrupsiyani oldini olish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq faoliyat samaradorligini oshirish uchun kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bu borada 21 ta korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha me’yoriy – huquqiy hamda ichki idoraviy hujjatlar ishlab chiqilgan.

Korrupsiyani oldini olish va pensiya tayinlashda inson omilini kamaytirish maqsadida joriy yilning 1-martidan boshlab fuqarolarga yoshga doir pensiyalar, 1-iyuldan nogironlik pensiyalari elektron ma’lumotlar asosida alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash amaliyoti joriy etildi. Buning natijasida fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga murojaatisiz tayinlanmoqda.

Bundan tashqari, sohada korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari, xodimlarning faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralar ko‘rilib xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilovchi odob-axloq qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshirib kelinmoqda.

Tuman Pensiya jamg‘armasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiya qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunning mazmun mohiyati, Korrupsiya holatlarining oqibatlari nimalarga olib kelishi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluv organlar ishtirokida seminar davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Tumanimiz pensiya oluvchi fuqarolarimizga pensiyalarni tayinlash va o‘z vaqtida yetkazish bo‘yicha mas’ul ekanmiz biz fuqarolarimizga sifatli va sitqidildan xizmat qilamiz.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Pensiya jamg‘armasi xodimlari fuqarolarga pensiya ta’minoti masalasida malahat berish va boshqa masalalarda amaliy yordam berishga doimo tayyor.

Sizlardan pensiya tayinlash miqdorini oshirib berish va boshqa yordamlar berishni va’da qilayotgan fuqarolarga aldanib qolmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

Hurmatli paxtachiliklar Siz yashayotgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida Pensiya jamg‘armasi tizimida har qanday korrupsiya va ta’magirlik holatlaridan xabar topsangiz yoki guvoh bo‘lsangiz Pensiya jamg‘armasining 12-71 qisqa raqami hamda Samarqand viloyati boshqarmasining 66-231-11-66, 66-233-47-50 telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishlaringiz mumkin.

Sizlardan 2025-yilning 1-noyabrdan 30-noyabrgacha Pensiya jamg‘armasi tizimida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilishi munosabati bilan Korrupsiya illatiga qarshi kurashishda tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yaqindan ko‘mak berasiz degan umiddamiz.

 

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!

Teglar
- -