
Tuman komissiyasi e'loni
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tuman komissiyasi tanlov e’lon qiladi:
Joriy yilda yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 1 nafar bolaning uy-joyga bo‘lgan huquqini ta’minlash maqsadida ko‘chmas mulkning ikkilamchi bozoridagi ko‘p kvartirali uylardagi turar joy aniqlangan. Mazkur turar-joy qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan baholangan bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra, turar-joyni baholash xizmatini taqdim etadigan baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov e’lon qilamiz. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan baholovchi tashkilotlardan joriy yilning 10 iyun sanasi soat 18:00ga qadar takliflarini tuman hokimligiga taqdim etishi so‘raladi.
Quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- Baholovchi tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Baholash faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomasi (Sertifikati) nusxasi;
- Tijorat taklifi.
Manzil: Paxtachi tumani Istiqlol MFY Istiqlol ko‘chasi 58-uy.
Eslatma: kelib tushgan yagona tijorat taklifi tanlov o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmaydi.