Matbuot anjumani:  “Hududda ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida”

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumanida

jami ko‘p qavatli uylar soni – 46 ta

Shundan;

Xonadon soni -1043 ta

Aholi soni – 3650 ta

 

Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan samarali foydalanish va uni ta’mirlash, ularga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarining izchil amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:

Ko‘p kvartirali uy-joylarning tashqi xojatxonalari dezinfeksiya qilinib, hududi to‘liq obodonlashtirildi.

Paxtachi tumani Istiqlol mahallasi Istiqlol ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binolari hududida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binolari hududidagi maishiy chiqindi shohobchasi qayta ta’miranib, bir dona tungi yoritgich chirog‘i hamda kuzatuv kamerasi o‘rnatildi.

Bundan tashqari Amir Temur mahallasi Hamid Olimjon ko‘chasi hamda Mirzo Ulug‘bek mahallasi Navro‘z ko‘chasida ko‘p qavatli turar joy binolari hududida joylashgan maishiy chiqindi shohobchalarini qayta ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Yashil makon umummilliy loyihasi asosida ko‘p qavatli turar-joy binolari atrofiga 250 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ko‘p qavatli turar-joy binolarini hududini doimiy ravishda obodonlashtirish hamda tozaligini saqlash maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasining xodimlari hududlarga biriktirilib, tozalik ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda faoliyat olib borayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati tugatilib, boshqaruv servis kompaniyasiga o‘tkazildi.

Ushbu tashkil etilgan Boshqaruv servis kompaniyasining asosiy faoliyati ko‘p qavatli turar-joy binolarida istiqomat qilib kelayotgan aholiga sifatli kommunal xizmatlarni ko‘rsatish hamda turar joy binolarini ta’mirlash ishlarini o‘z ichiga oladi.

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM