Brifing:Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʻminlangan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, bu borada tumanda amalga oshirilayotgan ishlar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan qatlamiga har jihatdan koʻmaklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va ota-ona qaramogʻisiz qolgan va yetim bolalar roʻyxatini shakllantirish hamda erta yetimlikni oldini olish, bolalarning mehribonlik uyiga tushishini oldini olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil qilish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan o‘tgan 2022-yilda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yetim bolalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan “Mehr daftari”ga 46 nafar bola roʻyxatga olinib, Mehr daftari jamg‘armasi tomonidan ularning qiziqishi, ehtiyojlari asosida 1 nafariga planshet, 33 nafariga noutbuk, 2 nafariga kompyuter jamlamasi, 5 nafariga telefon apparati, 4 nafariga tikuv mashinkasi, 7 nafariga Booknomy rus tili va ingliz tili qo‘llanmasi, 1 nafariga muzlatgich, 5 nafariga yumshoq mebel, 2 nafariga kitob jovoni va shkaf, 2 nafariga elektron velosiped, shuningdek qo‘shimcha ravishda 12 dona velosiped va 2 dona samakat berildi.

2022-yilda 2160 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Shundan, 765 mln. soʻm mablagʻ evaziga 835 nafar yoshlarga asbob-uskunalar, 870 nafariga 20 sotixdan yer, 184 nafar yoshlarga 562 mln soʻmlik kontrakt pullari toʻlab berildi. 94 nafar yoshlarga 112 mln soʻmlik 1 martalik moddiy yordam berildi. 33 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezervi toʻlov badali uchun 178 mln soʻm mablag‘ o‘tkazib berildi. 15 nafar yoshlarga 18 mln soʻm mablagʻ haydovchilik guvohnomasi olish uchun ajratildi. 38 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi. 26 nafar yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish maqsadida           6 oylik toʻlov pullari toʻlab kelinmoqda.

Har qanday davlat va jamiyat taraqqiyoti bir qator omillar asosida yuz beradi. Bu jarayonlarda ayollar, ularning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi ishtiroki, huquq va erkinliklari amalda taʻminlanganligi masalasi – davlatlar rivojining hamda demokratiyaning muhim indeksi sanaladi. Zotan, ayol va uning jamiyat hayotidagi oʻrni hamisha muhim mezon boʻlib kelgan.

Ushbu maqsadda tumanimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalasida ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan,      2022-yilda jami 2539 nafar ayollar “Ayollar daftari”ga kiritilgan boʻlib, shundan 1424 nafariga 1 mlrd 537 mln soʻmlik 1 martalik moddiy yordamlar ajratildi. 9 nafari ijtimoiy uyga joylashtirildi. 3 nafariga 6 mln 900 ming soʻmlik ijara kompensatsiya pullari toʻlab berildi. 487 nafariga “Ayollar daftari” jamgʻarmasidan 420 mln soʻmlik asbob-uskunalar olib berildi va hokim yordamchilari tomonidan ham 256 nafariga subsidiya asosida asbob-uskunalar berilib, bandligi ta’minlandi. Shuningdek qoʻshimcha yordam sifatida 3 nafar xotin-qizlarning farzandlariga 13 mln 500 ming soʻmlik oʻquv kontraktlari toʻlab berildi. 2 nafar ayolimizga jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun 11 mln soʻm miqdordagi mablagʻlar shifoxona hisobiga oʻtkazib berildi. Undan tashqari 20 nafar xotin-qizlarimiz ijtimoiy uy-joy bilan ta’minlandi. 89 nafar xotin-qizlarimizga protez-ortopediya buyumlari olib berildi. 12 nafar boquvchisi yoʻq qizlarimizga Samarqand viloyati hokimligi tomonidan oʻqish uchun toʻlov-kontraklari toʻlab berildi. 17 nafar xotin-qizlarga 6 mln soʻmlik bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Oʻtgan 2022-yil davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarimizning barchasi yuqorida amalga oshirilgan ishlar natijasida daftardan chiqarildi.

Shuningdek, 2022-yilda “Temir daftar” tarkibiga shakllantirilib, unga kiritilgan 1446 ta oilaga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan yil davomida turlicha yordamlar koʻrsatib kelindi. Jumladan: 1392 ta oilaga 362 mln 995 ming soʻm moddiy yordam, 397 ta oilaga 215 mln 700 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi. 68 ta oilaga 234 mln 664 ming soʻmlik tibbiy yordam koʻrsatildi va jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi. 222 ta oilaga 539 mln 550 ming soʻmlik asbob-uskunalar berilib, bandligi ta’minlandi. 7 ta oilaga uy-joyini ta’mirlash uchun144 mln 260 ming soʻm mablagʻ ajratildi. 535 ta oilaga 304 mln 476 ming soʻmlik parrandalar berildi. 10 ta oilaga 39 mln 898 ming soʻmlik inkubator moslamalari berilib, bandligi ta’minlandi. “Temir daftar” roʻyxatida turuvchi 6 ta oila farzandlariga toʻlov-kontrakti uchun 44 mln 632 ming soʻm mablagʻ ajratildi. Daftar roʻyxatida turuvchi 2 ta oila farzandlariga safarbarlik chaqiruv rezervi toʻlov-badali uchun 9 mln 32 ming soʻm mablagʻ ajratildi. Daftarda turgan oilalarning uy-joy (kredit) toʻlovi uchun 100 ta oilaga 133 mln 594 ming soʻm mablagʻ koʻchirib berildi. Undan tashqari “Temir daftar” roʻyxatiga olingan oilalarning boshqa xarajatlari uchun 629 mln 698 ming soʻm mablagʻlar sarflandi. Yil yakuni bo‘yicha daftar roʻyxatida 86 ta oila qolmoqda.

O‘tgan 2022-yil davomida amalga oshirgan ishlarimiz 2023-yilda ham davom etmoqda. Xususan, joriy yilda “Temir daftar” roʻyxati qayta shakllantirilib, 806 ta oila ushbu daftarga kiritildi. “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” yuzasidan ham zarur chora-tadbirlarni belgilab olganmiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM