Matbuot anjumani:Maktabgacha ta’lim tizimi: bolalar qamrovi va yaratilgan sharoitlar haqida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyaning 4-bo‘limi 37-38-39-40-maqsadlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, tumandagi 2021-yilning yakuniga qadar

3-7 yoshli bolalar 12980 nafar tashkil etib shundan, MTTlarida qamrovi 79.9 foizni tashkil etib, shundan 10370 nafar bolalar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bo‘lib, Jumladan 39 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5632 nafar, 2 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 268 nafar, hamda 168 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 4140 nafar bolalar qamrab olingan.

Tumanimizda 2022-yilning yakuniga “Chorgusha” M.F.Yda yangidan qurilgan 2-DMTT o‘z faoliyatini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli qaroriga muvofiq 2022-yil yakuniga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 27 ta majburiy bir yillik tayyorlash guruh ochildi, 810 nafar 6-7 yoshli bolalarni qamrab olindi.

Bundan tashqari 6 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilib 5 ta quvvat oshirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim vazirligi bilan bitim imzolandi;

bunda 400 nafar tarbiyalanuvchilarni qamrab olinib, 34 ta ishsizlarni ish bilan ta’minlandi.

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tabiiy gaz mavjud bo‘lmagan hududlarda joylashgan MTTlariga 207 (ikki yuzi yetti) tonna ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlandi.

2022-yilning  2-chorakda tuman hokimimizning say-harakatlari bilan maxalliy byujet xisobidan 15-DMTT va 33-DMTTlarini 500,0 (besh yuzi million) so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021 yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmoning 16-bandiga asosan  “Yashil makon”   dasturi doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan berilgan 5594 dona kuchatlar barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazilib berildi. 

Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan” tanlovida ishtirok etib tumandagi 40-DMTTini joriy tamirlash borasida gʻolib boʻldi.

2022-yilda barcha DMTTlarimiz yangi o‘quv jihozlari va ko‘rgazmalar bilan ta’minlanib kelinmoqda.

 

Bo‘lim mudiri:                                          Sh.Qodirova

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM