Matbuot anjumani

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumanida 2023 yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar.

  Joriy 2023 yilda tumanimiz aholisi 148 651 nafarni tashkil etib, shundan 75 264 nafari mehnat resurslari, 58 354 nafari iqtisodiy faol aholi,  52 859 nafari band aholi (18 838 nafari rasmiy sektorda, 30 565 nafari norasmiy sektorda hamda     3 456 nafari xorijda vaqtincha ishlayotganlar),        5 495 nafari ishsizlar bo‘lib, ishsizlik darajasi 9.4 foizni tashkil qiladi. 
Muhtaram Prezidentimizning topshirig‘iga ko‘ra tumanda 2022 yilda 30 047 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. Shundan yanvar-dekabr oylarida 32 637 ta ish o‘rinlari yaratilgan bu rejaga nisbatan 109 foizni tashkil etadi.
Jumladan:
1.  Moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambag‘allikni qisqartirish hisobiga  13 484 ta reja belgilangan bo‘lib, 12 681 taga ya’ni 94 foizga bajarilgan. 
2.  Qurilish, transport va kommunal soha bo‘yicha 308 ta reja belgilangan bo‘lib,  423 taga ya’ni 137 foizga bajarilgan. 
3.  Investisiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha 485 ta reja belgilangan bo‘lib, 520 taga ya’ni 107 foizga bajarilgan.
4.  Qishloq xo‘jaligi sohalarida tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlari hisobiga 15 362 ta, reja belgilangan bo‘lib, 18 535 taga ya’ni 121 foizga bajarilgan. shundan:
5. Turizm va madaniyat yo‘nalishida 408 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 478 taga ya’ni 117 foizga bajarilgan.
  Paxtachi tumanda 2023 yilda 23 835 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. 
Jumladan:
1.  Moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambag‘allikni qisqartirish hisobiga  7 729 ta reja belgilangan bo‘lib, shundan doimiy ish o‘rinlariga 4 032 ta, mavsumiy ish o‘rinlariga 1 133 ta va legallashtirish hisobiga 2 564 ta. Savdo va servis yo‘nalishida 3 271 ta shundan, Yangi xizmat ko‘rsatish ob’yektlari va mavjudlarini faoliyatini rivojlantirish hisobiga 895 ta, o‘zini o‘zi band qilish hisobiga 2 376 ta. Bundan tashqari, Mikroloyhalar va mikro markazlar hisobiga 702 ta, Kasanachilik, bir martalik ishlarda band qilish va qurilish brigadalarini tashkil qilish hisobiga 963 ta, Xunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha 229 ta, shundan xunarmandlar hisobiga 59 ta, shogirdlar hisobiga 170 ta, Shuningdek, Norasmiy mehnat faoliyatini rasmiylashtirish va bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish hisobiga 2 564 ta shundan, norasmiy mehnat faoliyatini rasmiylashtirish hisobiga 1 399 ta va Bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish hisobiga 1 165 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilagan.
2.  Qurilish, transport va kommunal soha bo‘yicha 1 717 ta reja belgilangan bo‘lib shundan, uy-joy qurilishi hisobiga 58 ta, sanoat korxonalari qurilish hisobiga 14 ta, ijtimoiy ob’yektlar qurilishi hisobiga 1 589 ta, avtomobil va temir yo‘l qurilishi hisobiga 17 ta, kommunal soha bo‘yicha 23 ta, obodonlashtirish yo‘nalishi hisobiga 16 ta, shundan, doimiy ish o‘rinlariga 1 043 ta va mavsumiy ish o‘rinlariga 674 ta yangi ish o‘rinlari yaratilish rejalashtirilgan. 
3.  Investisiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha 31 ta loyhada 485 ta reja belgilangan bo‘lib, shundan davlat investisiya dasturi doirasida 2 ta loyhada 20 ta va Hududiy investisiya dasturi doirasida 29 ta loyhada 465 ta ish o‘rinlar yaratilishi belgilangan. 
4.  Qishloq xo‘jaligi sohalarida tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlari hisobiga 13 428 ta, reja belgilangan bo‘lib shundan, 10 973 tasi mavsumiy ish o‘rinlari. Ushbu soha bo‘yicha Agroklasterlada 400 ta shundan 370 tasi mavsumiy, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligida 425 ta shundan 360 ta mavsumiy, dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish (E-auksion) bo‘yicha 6 198 ta shundan 4 029 tasi mavsumiy, takroriy ekinga yer ajratish orqali 1 230 ta, tomorqada band qilish hisobiga 1 170 ta, pillachilikda 3 895 ta shundan 3 737 ta, suv xo‘jaligi tizimida 50 ta shundan 39 tasi mavsumiy, o‘rmon xo‘jaligida band qilish hisobiga 60 ta shundan 37 tasi mavsumiy ishlarda yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgalangan.
5.  Turizm va madaniyat yo‘nalishida 476 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan turizm yo‘nalishida 295 ta, madaniyat yo‘nalishida 166 ta va kino yo‘nalishida 15 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM