
Bugun 18-mart kuni Paxtachi tumani hokimligida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining ellik yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiya kun tartibida:
1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 30-dekabrdagi “Tumanda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga 2022-yil uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” VI-49-114-7-102-K/21-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
2. Tumanda 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi muhokamasi to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5214-sonli qarorini tumanda ijrosi yuzasidan hisoboti.
6. Samarqand viloyat budjetidan Paxtachi tuman mahalliy budjetiga ajratilgan ssuda mablagʻlari toʻgʻrisida.
7. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida masalalar ko'rilib tegishli qarorlar qabul qilindi.