insurez
19-08-2024 15:17

Yer uchastkalari loyihalarning master-rejalariga muvofiq realizatsiya qilinadi


YER UCHASTKALARI LOYIHALARNING MASTER-REJALARIGA MUVOFIQ REALIZATSIYa QILINADI

O‘zbekiton Respublikasi Prezidentning 08.07.2024 yildagi “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-245-sonli qarori qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimiliklari tomonidan tijorat banklari ko‘magida tuman va shaharlarda zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va servis ob’ektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar va savdo-ko‘ngilochar markazlarini joylashtirishni nazarda tutuvchi master-reja loyihalari tayyorlandi.
Ular 2024 yil 1 avgustga qadar hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi belgilandi.

2024 yil 1 avgustdan joriy yil yakuniga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda ushbu hududlardagi yer uchastkalari master-rejalarga muvofiq auksion (e-auksion.uz) savdolariga qo‘yiladi.

 “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish jarayonlarini va xususiylashtirish dasturi ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 268-sonli qarori bilan 68 ta tuman va shaharlarda xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylab zamonaviy infratuzilmani yaratish, savdo va servis ob’ektlarini joylashtirish uchun master-rejalar asosida yer uchastkalarini auksion savdolariga qo‘yish rejasi tasdiqlangan.

Davlat aktivlaringi boshqarish agentligiga joriy yil yakuniga qadar xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylab zamonaviy infratuzilmani barpo etish, savdo va servis ob’ektlarini joylashtirish bo‘yicha master-rejalar ishlab chiqish, shuningdek yer uchastkalarini auksion (e-auksion.uz)  saavdolariga chiqarish vazifasi topshirildi.

Tuman va shaharlar  bo‘yicha ishlab chiqiladigan master-rejalarning asosiy yo‘nalishlari:

● Shahar va tuman markazlarida urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, jumladan aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini tashkil etish;

● Aholi gavjum bo‘lgan shahar hududlaridan oqib o‘tuvchi suv bo‘ylarini obodonlashtirish, piyodalar va velosiped yo‘laklarini qurish, ularning atrofida yengil konstruksiyali ko‘chma savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini yaratish;

● Hududlarda aholi, sayyohlar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shu jumladan “yashil” hududlarni ko‘paytirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish va servis ob’ektlarini qurish;

● Bo‘sh turgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish, shu jumladan iqtisodiy samarasi yuqori faoliyat turlarini rivojlantirish, shuningdek bo‘sh turgan yer uchastkalarini tayyor lotlarga ajratgan  holda elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish;

● Hududlarning infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojini baholash, shu jumladan zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’ektlari parametrlarini aniqlash.

Shuningdek, master-rejalarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishni tashkil etish va muvofiqlashtirishning vertikal tizimini yaratish ko‘zda tutilmoqda, unga muvofiq javobgarlik va vazifalar respublika, mintaqaviy, shuningdek tuman (shahar) darajalarida taqsimlanadi.

“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ Samarqand viloyati vakili Q.Eshankulov

Teglar
- -