insurez
31-05-2024 15:51

vakansiya


Paxtachi tumani hokimligi oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan fuqorolarini tuman hokimligi bosh yuriskonsul'ti lavozimiga ishga taklif qiladi. Malakaviy talablar:

1. Ma’lumoti oliy (bakalavr yoki magistr);

2. Oliy ta’limning yurisprudentsiya (huquqshunoslik) bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;

3. Yuridik sohasida 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim;

4. Davlat tilini bilishi (xorijiy tillarni bilish, IELTS, TOEFL IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);

5. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plamidan (Word, Excel, Power Point, Access) foydalana olishi;

6. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlarini, qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlarini, Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari va boshqa hujjatlarini, O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunini, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizomni, hamda statistika tizimi va boshqarma faoliyatiga tegishli qonunlarni. Yagona tashkiliy-ma’muriy hujjatlar tizimining standartlarini, standart namunalardan foydalanish va ish harflarini chop etish qoidalarini, etika va estetika asoslarini, Statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash sohasidagi zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini, Internet, hisoblash texnikasidan foydalanishni va maxsus kompyuter dasturlari bilan ishlash qoidalarini, axborot xavfsizligi siyosatini, ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini bilishi kerak;

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan yoki chet el oliy o‘quv yurtlarida mutaxassisligi bo'yicha o‘qigan yoki malaka oshirgan shaxslarga imtiyoz beriladi;

8. O'zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati tog'risida”gi Qonunning 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.

Bog‘lanish va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun +998949093909 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Teglar
- -