Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati so'roviga javob
Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati so'roviga javoban shuni ma'lum qilamiz, viloyati hokimligining 2024 yil 16 avgustdagi “2025 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №05-05/87 sonli yig‘ilish bayoniga asosan, tuman hokimining 2024 yil 17 avgustdagi “2025 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 291-7-102-Q/24 sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, viloyat hokimining yig‘ilish bayoni bilan
2025 yil hosili uchun 6783 gektar, shundan asosiy maydonga 6254 gektar, chorva oziqasi uchun 529 gektar maydon belgilangan.
Viloyat hokimligining №05-05/87 sonli yig‘ilish bayoni o‘z kuchini yo‘qatgan deb hisoblansin deb yangi, viloyati hokimligining 2024 yil
26 avgustdagi “2025 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №05-05/89 sonli yig‘ilish bayoniga asosan, tuman hokimining 2024 yil 27 avgustdagi “2025 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 303-7-102-Q/24 sonli qaroriga jami 2025 yil hosili uchun 6983 gektar shundan asosiy maydonga 6454 gektar chorva oziqasi uchun 529 gektar maydon belgilanib berilgan.
Chorvachilik bo‘yicha tumanda hozirgi kunda chorvachilik yo‘nalishida jami 40 ta fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritib kelmoqda.
Ushbu fermer xo‘jaliklariga jami 1448,1 gektar yer maydoni, shundan sug‘oriladigan yer maydoni 748,3 gektar, yaylov yer maydoni 309,1 gektar, lalmi yer maydori 315,0 gektar va 75,7 gektar boshqa yer maydonini tashkil etadi.
Ozuqa ekin yer maydonlari.
40 ta xo‘jaliklardan hozirgi kunda 202,1 gek tar makkajuhori, 307,0 bedp, 19,8 gektar lavlagi, 138,7 gektar g‘alla (arpa), 53,8 gektar boshqa ekinlar va bo‘sh turgan yer maydoni 26,9 gektar maydonlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekilgan.
Choravachilik yo‘nalishida fermer xo‘jaliklaridagi mavjud mahalliy 1 shartli mol bosh soniga sug‘oriladigan yer maydonidan 0,3 gektar, naslchilik xo‘jaliklariga 1 shartli mol bosh soniga 0,5 gektardan tashkil qiladi.
Xozirgi kunda me’yor bo‘yicha, jami shartli mol bosh soni 2132 bosh tashkil qilish kerak, lekin amalda 1685 bosh shartli molbosh soni ya’ni me’yorga nisbatan 79,3 foizni tashkil etadi.
Chorvachilik fermer xo‘jaliklarini o‘rganish davomida chorva holati talabga javob bermaganligi ya’ni fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni reja topshiriq asosida shartnomalar tuzilib, ushbu shartnomalar Qishloq xo‘jaligi bo‘limi ro‘yxatidan o‘tmagan va tasdiqlanmagan.
Bundan tashqari chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan qat’iy soliq stavkasiga o‘tishdan qochib, qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish uchun tuman hokimi nomiga (ariza, bildirgi va kafolat xati) bilan murojaat qilib, 2025 yil paxta hosili uchun qishloq xo‘jaligini konturlar kesimida ekinlarni joylashtirishni amaliy yordam so‘ralgan va murojaati qanoatlantirilgan.
Fermer xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlariga qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashuvi bo‘yicha fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan “Agroplatforma” axborat tizimi orqali elektron shaklda o‘zining shaxsiy klyuchi bilan platformaga kirib tasdiqlanmasa fermer xo‘jaligiga paxta, g‘alla va boshqa ekinlarni joylashtirish noqonuniy hisoblanadi.
Paxtachi tuman hokimligi axborot xizmati