Rahbar va yoshlar uchrashuvi o’tkazildi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi o’tkazildi
Respublika hududida o’tkazilayotgan “Probatsiya oyligi” davomida Paxtachi tumani IIB boshlig’i 3-sektor rahbari U.A.Xalimov Paxtachi tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan nazoratdagi yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Rahbar va yoshlar uchrashuvi davomida, 12 nafar nazoratdagi yoshlarning muammolari ijobiy hal etildi. Qilgan ishidan chin ko'ngildan pushoymon bo’lib, tuzulish yo’liga o’tgan yoshlarni jazodan shartli ozod etish bo’yicha sudga taqdimnomalar kiritish masalasini ko’rib chiqish uchun Probatsiya guruhi xodimlariga topshiriqlar berildi.
Yoshlarning muammolari eshitilib, muayyan ish bilan band bo‘lishlari va qayta jinoyat sodir etmasligi tushuntirildi. Sud tomonidan tayinlangan cheklov qoidalariga amal qilishlari, qonunlarda belgilangan huquq va majburiyatlarini bajarishligi tushuntirilib, aniqlangan muammolari bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilmoqda.