Paxtachi tumani Istiqlol mahallasi hududida joylashgan Istirohat bog’iga “Yoshlar” nomini berish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi Geografik obyeklarga nom berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchlar kiritish to‘g‘risida-386-son Qaroriga asosan Paxtachi tumani hokimligi huzuridagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiya tomonidan Paxtachi tumanida Istiqlol mahallasi hududida joylashgan Istirohat bog’i nomi davlat reestriga kiritilmaganligi, ushbu bog’ “Yoshlar” nomi bilan yuritilib kelinayotganligi aniqlandi.
Mamlakatimizda geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash, Geografik obyektlar nomlarining davlat reestrini yuritish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, geografik obyektlarga nom berishda mahalliy aholining fikrini hisobga olish tartibi, geografik obyektlarga shaxs nomini berish vakolati xalq deputatlari tuman Kengashlariga berilganligi ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni samarali muvofiqlashtirish hamda qonunchilikning aniq va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda. Shunga ko’ra, Sizdan ushbu Istirohat bog’i geografik obyekti nomini davlat ekspertizasidan oʻtkazishda va tumanimizda joylashgan geografik o’byektni “Yoshlar” deb nomlanishda o‘z fikringizni bildirishingizni soʻraymiz.