insurez
03-09-2024 12:00

MUNOSABAT


Bugun 3-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda  “ 2-guruh nogironi: “Avariya holatidagi uyimiz qulab tushishi mumkin...””  sarlavhasi bilan Samarqand viloyati Paxtachi tumanida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironlari Ro‘ziqulov Umrzoq Ne’matullayevich  va Shaymanova Maqsad oilasining yashash xonadoni avvalgi suratlari bilan post chiqarilgan.  
Ushbu oiladan muntazam Paxtachi tumani 4-sektor rahbari va xodimlari hamda Istiqlol mahallasi yettiligi xabar olib turishadi.
Ushbu oila haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, Istiqlol mahalla, Namuna ko‘chasi 6 B-uyda yashovchi Shaymanova Maxsad Ziyodullayevna 07.12.1982 yilda tug‘ilgan.


Shaymanova Maxsad Ziyodullayevna oilali, ikki nafar farzand bor. O‘zi va turmush o‘rtog‘i 2-guruh nogironi. 2024 yil “Ayollar daftari”  bilan ishlash tizimining 5-bosqichda 4-toifasiga kiritildi, 2024 yil avgust oyida 340.000 (uch yuz qirq ming) so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berildi. 
2024 yil davomida olti marta MFY tomonidan xomiylik mablag‘i hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
2024 yil avgust oyida “mahalla yettiligi”ning xulosasiga ko‘ra, ushbu oila yashaydigan fuqaro Zugurova Zilolaxon Shokirova nomidagi uy ta’miriga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 2024 yil sentyabr oyida 2000,0 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Teglar
- -