insurez
10-09-2024 10:36

Munosabat


Munosabat

Oʻtkirbek Chorshanbiyev oʻz Youtube sahifasida "Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimi nega oddiy xalq sharoyitiga befarq tadbirkorlarga sharoyit ??"  jumlalari bilan boshlanuvchi xabarni joylagan.
Shuni ma’lum qilamizki, joriy 2024 yil 23 avgustidan hozirgi kunga qadar Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamov boshchiligida Sultonobod bozorida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda va bu ishlar kunli ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borilmoqda. Sultonobod bozorida savdo qiluvchilar uchun maxsus telegram guruh ochilib, olib borilayotgan ishlardan xabardor qilinmoqda.
O‘tkirbek Chorshanbayevni lavhasida bozor hududi aks etmagan. Agar bozorga kirganda ta’mirlash ishlarini ko‘rgan bular edi. Yoki ko‘rgan bo‘lsa ham buni yoritishni istamagan.
Paxtachi tumanida rahbarlarning barcha faoliyati aholiga, tadbirkorlarga munosib turmush sharoitlarini yaratish yo‘lida olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, barchadan jurnalistik etikaga amal qilishni so‘rar edi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida axborot olish huquqini bilgan "jurnalist" dam olish vaqti, dam olish kunlarida ushbu konstitutsiyasida fuqarolarni bezovta qilmaslik belgilanganlini bilmas ekan mi?
Qolgan jurnalistik etika, huquqiy madaniyatlarni sanashimiz shart emas deb o‘ylayman.

Teglar
- -