insurez
26-08-2024 14:01

Keksalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi


 Keksalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Bugun 26 avgust kuni Paxtachi tuman Nuroniy jamg‘armasi raisi M.Samandarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi PQ-92-sonli “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarorining ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan urushorti mehnat faxriylari, nuroniy otaxon va onaxonlar, ko‘makka muhtoj keksalarning holidan xabar olish, ularga moddiy  va ma’naviy yordam berish bilan bog‘liq xayriya tadbirlarini amalga oshirish, ularni salomatligini muhofaza qilish maqsadida “Keksalar salomatligini muhofaza qilish oyligi” munosabati bilan tumandagi Boltali OSHP da olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi va  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish  jarayonlari o‘rganildi. 
O‘rganish jarayonida OSHP ga qarashli 363 nafar keksalardan 26 avgust holatiga 87 nafar keksalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirilmoqda.

Teglar
- -