insurez
25-09-2024 15:00

“Kambag‘allikdan farovonlik sari”


“Kambag‘allikdan farovonlik sari”

Paxtachi tuman prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida aholi turmush sharoitini oshirish borasida biriktirilgan xonadonlarda o‘rganish o‘tkazilmoqda.  

Sektor rahbari tomonidan  “Nayman” mahallasida yashovchi oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularning  yashash sharoitlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida  oila daromadini oshirishda muhim jihatlar  va mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan fuqarolarning fikrlari, oila turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha zaruriy choralarni amalga oshirish belgilab olindi.

Teglar
- -