insurez
28-08-2024 15:00

G'alaba muborak


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan “Mahalla yettiligi” xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha “Viloyat Kengashi kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi. 
Unga ko‘ra, Ishtixon tumani jamoasi uchinchi, Toyloq tumani jamoasi ikkinchi va Paxtachi tumani jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning g‘olibiga aylandi. Musobaqa yakunida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sherali Yuldashev so‘z olib, mazkur musobaqani keyingi yillarda ham o‘tkazib, uni ommalashtirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi. 
Shunday qilib, 
1-o‘rin uchun mebel jamlanmasi, va kubok, 
2-o‘rin uchun kompyuter jamlanmasi, 
3-o‘rin uchun va faol ishtirok etgan Nurobod tumani jamoasiga kitoblar jamlanmasi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasining sport liboslari taqdim etildi

Teglar
- -