ELEKTRON SAVDO PLATFORMASI ORQALI yutib olingan yer uchastkalarini rasmiylashtirish tartibi
Savol: Men yashash hududimdan e-auksion.uz savdo platformasi orqali uy-joy qurish uchun 4 sotixli yerni yutib oldim, endi uni qanday tartibda rasmiylashtiraman?
Javob: Jismoniy shaxslar auksion savdolarda g‘olib deb topilganda
e-auksion.uz savdo platformasidagi foydalanuvchi menyusi orqali masofadan turgan holda mulkni rasmiylashtirish imkoni yaratilgan. Ishtirokchi platforma orqali sotib olgan ob’ektining to‘lovlarini amalga oshirishi, buyurtmachi bilan oldi-sotdi shartnomani elektron imzolashi, e-auksion.uz platformasidagi g‘olib menyusi orqali yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi Davlat orderini, tegishli kadastr palatasi tomonidan yuborilgan ko‘chmas mulk ob’ekti va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi davlat reestridan ko‘chirma hujjatlarini QR kodli formada tasdiqlangan holatda yuklab olishi mumkin. Auksion g‘olibi uchun e-auksion.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali yutib olgan yerni platformaning “Ishtirokchi menyusi” – “Yutuqlar” bo‘limida mulk qiymatini 100 foiz amalga oshirish yoki 15 foiz amalga oshirish orqali sotib olish imkoniyati yaratilgan. Agar g‘olib qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi (xususan, uy-joy uchun yer uchastkalari) asosida hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini 100 foiz amalga oshirish orqali mulkni rasmiylashtirsa, g‘olibga jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi. Aksincha, 15 foiz to‘lovni amalga oshirsa, g‘olib va buyurtmachi o‘rtasida qolgan summani 5 yil davomida markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi qo‘shilgan holatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun buyurtmachi bilan elektron shartnoma imzolanadi.
Qaxramon Eshankulov
“ Elektron onlayn-autsionlarni tashkil etish ”AJ
Samarqand viloyati hududiy vakili