Brifing
#brifing
Assalomu alaykum aziz Paxtachiliklar va tumanimiz mehmonlari! Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf yetish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq joriy yilning 1 iyul kunidan 1 avgust kuniga qadar yurtimiz bo‘ylab Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlari o‘tkaziladi.
“Dolzarb 30 kun” tadbirlari davrida:
- yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohlari, sanatoriylar hamda boshqa dam olish maskanlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar kuchaytirilishi;
- o‘ta muhim, toifalangan va iqtisodiyot ob’ektlari, yong‘in-portlash xavfi yuqori hamda favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori bo‘lgan boshqa ob’ektlar, shuningdek, odamlar ko‘p yig‘iladigan joylarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
- o‘rmon fondi ob’ektlarini yong‘indan qo‘riqlash va uy-joy fondi ob’ektlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash;
- uy- joylarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash;
- 2024/2025 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan ob’ektlarning yong‘inga qarshi holatini talab darajasiga keltirish kabi muhim masalalar asosiy yo‘nalishlar etib belgilab olingan.
Ushbu bir oy mobaynida:
jamoat transporti, odamlar ko‘p yig‘iladigan joylar va avtomobil yo‘llarining katta chorrahalaridagi elektron tablo va axborotni yetkazuvchi boshqa texnik vositalarga “Dolzarb 30 kun” tadbiri va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha materiallari joylashtiriladi;
mutasaddi xizmatlar bilan birgalikda, bozor va savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘riladi
tuman hududidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida, shu jumladan, gaz to‘ldirish shahobchalari va punktlarida, avtomobillarga yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shaxobchalarida yong‘in, sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilinishi belgilangan tartibda o‘rganiladi
o‘rmon fondi ob’ektlarida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar yanada kuchaytiriladi.
Hurmatli yurtdoshlar!!
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf yetish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tegishli bayonida barcha iqtisodiyot ob’ektlari zimmasiga:
davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi holatlari tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlashlari;
yangidan tashkil etilayotgan iqtisodiyot va xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida belgilangan tartibda yong‘in-texnik komissiyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari;
ob’ektlardagi ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlarining salohiyatidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratishlari;
ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida mavjud hamda uzoq vaqtdan buyon hal etilmayotgan muammo va kamchiliklarning bartaraf etishlari;
ob’ektlar hududini begona o‘tlar va qurigan o‘simliklardan muntazam ravishda tozalanishini ta’minlashlari lozimligi bilan bog‘liq qat’iy vazifalar belgilab berilganligini ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Hurmatli hamyurtlar! Aziz Paxtachiliklar!
1 iyuldan 1 avgustga qadar yurtimizda o‘tkaziladigan "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlarida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
Buning uchun Siz eng avvalo o‘zingiz yashayotgan uyingizda, mahallangizda, ishxonangizda, ko‘cha-kuyda va bozorlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga bee’tibor bo‘lmasligingiz so‘raladi.
Zero jamoatchilik nazorati bor joyda, bu kabi ko‘ngilsiz hodisalar bo‘lmaydi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!
S.M.Sayfullayev
Paxtachi tuman FVB P va NB inspektori
leytenant