insurez
14-10-2024 11:07

Bolalarni o‘z vaqtida emlatish nima uchun muhum!


     Bolalarni o‘z vaqtida emlatish nima uchun muhum!

 Yurtimizda, xususan, tumanda emlash va vaksinatsiya ishlari belgilangan reja asosida izchil va tizimli  olib borilmoqda.  Natijada aholi, ayniqsa, bolalar o‘rtasida turli yuqumli kasalliklar kelib chiqishi holatlari keskin kamaydi.

Xozirgi kunda yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar bola bir yoshga to‘lgunicha qo‘llaniladi. 2000 yilgacha difteriya, qoqshol va ko‘kyo‘talga qarshi faqat AKDS vaksinasi qo‘llanilgan. Keyinchalik profilaktik emlash rejasiga o‘zgartirish kiritilib, 2, 3 va 4 oylik chaqaloqlarni “Penta-1”, “Penta-2” hamda “Penta-3” kombinatsiya qilingan vaksinalar bilan emlash yo‘lga qo‘yildi. 

Hozir bolalar 2, 3 va 4 oyligida tegishli ketma-ketlikda “Rota-1”, “Rota-2”, “Rota-3” vaksinalari bilan emlanmoqda. Natijada o‘g‘il-qizlar o‘rtasida virusli diareya kasalligidan o‘lim holatlari kuzatilgani yo‘q. 2018 yilda pnevmokokk kasalligiga qarshi bola 2, 3 va 12 oylik bo‘lganida qo‘llaniladigan Pnevmo-1, Pnevmo-2, Pnevmo-3 vaksinalari profilaktik emlash rejasiga kiritildi. Shu yili 2, 3, 4 va 16 oylik bolalarni poliomielitga qarshi vaksina bilan emlash ham joriy qilindi. Bolalar 12 oylik vaqtida qizamiq, parotit va qizilchaga qarshi KPK-1, olti yoshligida esa KPK-2 vaksinalari bilan emlanadi. Milliy emlash rejasiga 2019 yildan bachadon bo‘yni saratoniga qarshi qo‘llaniluvchi OPV vaksinasi ham kiritildi. Har yili tumanda  9 yoshli 1450  nafardan ortiq qizlar ushbu vaksina bilan emlanmoqda.  Bugungi kunda mamlakatimizda joriy etilgan Milliy profilaktik emlash rejasi bo‘yicha 13 turdagi yuqumli kasalliklar, jumladan, difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, sil, virusli gepatit V, poliomielit, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, rotavirus, pnevmokokk, gemofilius inflyuensa tip B (XIB) infeksiyasi, bachadon bo‘yni saratoniga qarshi rejali vaksinatsiya tadbirlari o‘tkaziladi.

Profilaktik emlashlar uchun tuman tibbiyot birlashmasi tarkibida 18 ta emlash punkti ajratilgan. Chaqaloqlarni sil va gepatit V ga qarshi emlash esa tug‘ruq komplekslarida amalga oshirib kelinmoqda. Muhimi, so‘nggi yillarda tumanimizda boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlashlar bilan aholini qamrab olish darajasi 95-98 foizni tashkil etadi. Immunizatsiya tadbirlarining muntazam va samarali olib borilishi natijasida 1996 yildan buyon respublikamizda yovvoyi polioviruslar keltirib chiqaradigan poliomielit kasalligi tugatildi va O‘zbekiston 2002 yilda “Poliomielitdan xoli hudud”, 2017 yilda esa “Qizamiq va qizilchaning 36 oylik eliminatsiyasiga erishgan hudud” nomli xalqaro sertifikatlarni olishga muvaffaq bo‘ldi.  Ota –onalar uz vaqtida bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlatish orqali kupgina yuqumli kasalliklarda ximoyalanadi. Xurmatli ota onalar bolalarni uz vaqtida emlatishga befariq bo‘lmang!

Tuman Sanitariya epidemiologiya

osoyishtalik va jamoat salomatligi

bo‘limi motbuat xizmati

 

Teglar
- -