insurez
30-09-2024 11:02

Archa unsimon qurti daraxtlar kushandasi


Archa unsimon qurti daraxtlar kushandasi

Igna bargli daraxtlar turkumiga kiruvchi archalar nafaqat is gazini qabul qilib toza kislarodga aylantiriadi, balki, havo tarkibidagi ko’plab kasallik tarqatuvchi mikroblarni zararsizlantiruvchi fitonsid moddalar ajratishi bilan ham ahamiyatlidir. Lekin ayrim zararkunandalar borki ular archa, nina bargli va manzarali daraxtlarni kattik zararlaydi. Shunday zararkunandalardan biri archa unsimon qurtidir.

«Archa unsimon» qurti zararkunandaning lichinka va urgʻochilari archaning novdalari va barglarini soʻrib zarar yetkazadi. Uning lichinka va urgʻochilari barcha yer ustki qismlari bilan oziqlanadi. Ayniqsa, barglar kuchli darajada zararlanadi.

«Archa unsimon» qurtning kattaligi 2-3 mm boʻlib rangi sargʻish, qizgʻish, kulrang tusda boʻladi. Yetuk sames (erkak) zotlari mart oyi oxirida, samka (urgʻochi zot)lari aprel boshlarida chiqishi kuzatilgan. Ularning tuxum qoʻyishi may oyi davomida va iyun boshlarigacha davom etib oʻrtacha 280 tagacha tuxum qoʻyadi.

Bu zararkunandaga qarshi kurash ishlarida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur.

«Archa unsimon» qurtini ichki karantin ahamiyatga molik zararkunanda sifatida roʻyxatga olish, zararkunanda tarqalgan joylar va hududlar aniqlanishi hamda bu joylardan archa koʻchatlarini boshqa joylarga yuborilishini qaʼtiyan taʼqiqlanishi shart.

Zararkunandaga qarshi kurashda uning tuxumdan lichinka ochib chiqish davrida kimyoviy preparatlarni qoʻllash yuqori samara berishini inobatga olib kimyoviy ishlovlarni shu davrlarda boshlash kerak.

Zararkunanda bilan jiddiy shikastlanib qurish holatiga kelib qolgan daraxtlarni kesib unsimon qurt keng tarqalmasligi uchun ularni oʻsha joyning oʻzida  yoqib yoʻqotish shart.

Agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish (fosforli, azotli, mikroelementlar Master, Kropsheld, Vegrutlar bilan oziqlantirish).

Kimyoviy preparatlardan Bi-58 (yangi) 40% em.k, Bagira 20% em.k va Atilla 5% em.k foydalanish tavsiya qilinadi.

Ushbu preparatlarni zararkunandalarning paydo boʻlishi bilan birinchi ishlov oʻtkaziladi va zararkunanda butkul yoʻqolguncha har oʻn besh kunda kimyoviy ishlovlar olib borilishi kerak.

Fitosanitariya nazorati kuchaytirilib, qishloq xoʻjaligi ekinlarini archaning novdalari va barglarini soʻrib zarar yetkazadigan «Archa unsimon» qurtidan samarali himoya qilish va manzarali daraxtlarni  saqlab  qolish choralari koʻrilmoqda. Ish jarayonida sohaning malakali mutaxassislari tomonidan «Archa unsimon» qurtlariga qarshi kurashish uchun barcha choralar koʻrilib, tafsiyalar berib borilmoqda.

 

O‘simliklar karantini va himoyasi Paxtachi tuman bo‘limi xodimlari

Teglar
- -