2-sektorda ommaviy va sayyor qabul o‘tkazildi
2-sektorda ommaviy va sayyor qabul o‘tkazildi
Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish va qonuniy hal qilish maqsadida Paxtachi tumani prokurori 2-sektor rahbari boshchiligida ommaviy va sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, "Urg‘uch" mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda 10 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini murojaatlari qabul qilindi.
Murojaatlar asosan tergov harakatlarining olib borilishi, tadbirkorlik ish faoliyatini tiklash masalasi, ichki ishlar organlari tomonidan qabul qilingan qarorlardan noroziligi, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirishga doir masalalarni o‘z ichiga oladi.
Qabul qilingan murojaatlarning 3 nafar fuqarolarning murojaati ijobiy hal qilingan bo‘lsa, o‘rganish vaqt talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga olinib, o‘rganish ishlari boshlandi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda uzoq vaqtdan buyon yechimini topmayotgan muammolarni hal etishga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini amalda tiklanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.