insurez
12-03-2025 15:17

“YOSH QUTQARUVCHI”ning tuman g'oliblari aniqlandi


Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, tuman hududidagi umumta'lim hamda kasb-hunar maktablarida tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngililar klublari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida “Yosh qutqaruvchi” musoboqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

"Yosh qutqaruvchi" musobaqasining tuman bosqichida umumta'lim hamda kasb-hunar maktablarining 56 nafar  o'quvchilari ishtirok etib 5 ta shart bo'yicha bellashdilar.

O'tkazilgan musibaqaning tuman bosqichida umumta'lim maktablari o'rtasida 1-o'rinni 30-umumta'lim maktabining "Burgutlar" jamoasi, 

kasb-hunar maktablari o'rtasida 1-o'rinni 2-kasb-hunar maktabining "O't o'chiruvchilar" jamosi,

qo'lga kiritdilar hamda tuman sharafini himoya qilish uchun viloyat bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

Teglar
- -